USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmlik jangçi dogistonlik raqibiga qarşi çempionlik jangini ötkazadi

810 марта
Xorazmlik jangçi dogistonlik raqibiga qarşi çempionlik jangini ötkazadi

7 fevral kuni Toşkent şahridagi Humo Arena majmuasida MMA muxlislari uçun katta sport keçasi taşkil etiladi. “Mangu MMA” ligasi tomonidan ötkaziladigan mazkur turnir doirasida bantamveyt (Bantamweight) vazn toifasida çempionlik kamari uçun qiziqarli töqnaşuv bölib ötadi.

Uşbu jangda Xorazm viloyati şarafini himoya qilayotgan Suhrob Atajanov dogistonlik jangçi Elxan Ibramxalilovga qarşi oktagonga çiqadi. Jangçilarning statistikasiga köra, Suhrob Atajanov hisobida 8 ta ğalaba va 2 ta mağlubiyat, Elxan Ibramxalilov esa 8 ta ğalaba va 3 ta mağlubiyatga ega.

Taşkilotçilar malum qilişiça, keça soat 18:00 da boşlanadi va asosiy janglardan biri sifatida aynan uşbu çempionlik bahsi körsatib ötiladi.

Mutaxassislar fikriga köra, ikki jangçi ham jismonan tayyor, tajribali va ğalaba qozonişga katta iştiyoq bilan çiqqan. Şu bois uşbu töqnaşuv turnirning eng tomoşabop janglaridan biri bölişi kutilmoqda.

Xorazmlik jangçimizga uşbu muhim bellaşuvda omad tilaymiz va navbatdagi ğalaba bilan yurtimiz şarafini baland kötarişini istaymiz. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: