“Beş taşabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi”ning 2026 yilgi mavsumi tantanali oçildi
21-02-2026, 15:21
298 марта
“Beş taşabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi”ning 2026 yilgi mavsumi tantanali oçildiBugun poytaxtimizdagi Olimpiya şaharçasi hududida joylaşgan “Jamoaviy sport turlari” sport majmuasida yoşlar örtasida 5-marotaba ötkazilayotgan “Beş taşabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi” loyihalarining 2026 yilgi mavsumi tantanali ravişda oçildi.
Tantanali marosimda mahalla yettiligi vakillari, avvalgi mavsum ğolib va sovrindorlari, yoşlar, oliy talim muassasalari talabalari, umumtalim maktablarining yuqori sinf öquvçilari, taniqli sportçilar hamda hamkor vazirlik va taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Oçiliş marosimida Xorazm viloyati yoşlari ham faol qatnaşib, jamoaviy ruh va sportga bölgan qiziqişlarini namoyiş etdilar.
Marosim davomida Özbekistonning 14 ta hududi onlayn tarzda ulanib, tadbirni bir vaqtning özida kuzatib bordi. Bu esa loyihaning mamlakat miqyosidagi ahamiyati va qamrovini yanada oşirdi.
Şuningdek, ommaviy sportni rivojlantiriş, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş maqsadida Sport vazirligi tomonidan ajratilgan sport jihozlari jamlanmalari tantanali ravişda topşirildi.
Malumot örnida, “Beş taşabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi” loyihalari yoşlarni sportga jalb etiş, iqtidorli sportçilarni aniqlaş hamda ularning salohiyatini qöllab-quvvatlaşga xizmat qilmoqda.







