Superliga, 4-tur: “Xorazm” öz maydonida “Bunyodkor”ga mağlub böldi
18-03-2026, 22:51
428 марта
Superliga, 4-tur: “Xorazm” öz maydonida “Bunyodkor”ga mağlub böldiÖzbekiston Superligasining 4-turidan örin olgan uçraşuvda “Xorazm” jamoasi öz maydonida Toşkentning “Bunyodkor” klubini qabul qildi. Qiziqarli va kuraşlarga boy ötgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobida ğalaba qozondi.
Uçraşuvning 16-daqiqasida mehmonlar safida Nosirjon Abdusalomov hisobni oçdi. Birinçi bölim oxiriga yaqin, 43-daqiqada Matiya Krivokapiç penaltidan aniq zarba berib, “Bunyodkor”ning ustunligini yanada oşirdi — 0:2.
Ikkinçi bölimda “Xorazm” jamoasi faol harakat qildi. 54-daqiqada Temur Ismailov kiritgan gol hisobni qisqartirdi — 1:2. Ammo öyinning qolgan qismida hisob özgarmadi.
Statistikaga köra, “Xorazm” jamoasi töp nazoratida ustunlik qildi — 67 foizga 33 foiz. Şuningdek, maydon egalari 8 ta zarba (1 tasi aniq) yöllagan bölsa, “Bunyodkor” 7 ta zarba (4 tasi aniq) amalga oşirgan.
Paslar aniqligi böyiça ham “Xorazm” ustun böldi — 84 foiz, “Bunyodkor”da esa bu körsatkiç 75 foizni taşkil etdi. Şu bilan birga, uçraşuv davomida “Xorazm” futbolçilari 7 ta burçak zarbasi işlab topgan bölsa, mehmonlarda bu körsatkiç 1 tani taşkil qildi.
Şunday qilib, bahs yakunida “Bunyodkor” jamoasi 2:1 hisobida ğalaba qozonib, turnir jadvalida muhim uç oçkoga ega böldi.






