ILMIRA BOLGARIYaDAN BRONZA MEDALI BILAN QAYTADI
11-04-2026, 23:23
203 марта
ILMIRA BOLGARIYaDAN BRONZA MEDALI BILAN QAYTADIBolgariya davlatida gandbol böyiça U-17 va U-19 qizlar terma jamoalari örtasida taşkil etilgan Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining qitalararo bosqiçi marraga yetib keldi.
Bugun turnir doirasida sönggi öyinlar ötkazildi. Jumladan, Özbekiston U-17 gandbolçilari Bolgariya U-17 jamoasiga 36:37 hisobida imkoniyatni boy berişdi. Özbekiston U-19 jamoasi esa Bolgariya U-19 bilan durang qayd etdi, 33:33.
Şunday qilib, urgançlik Sönajon Şaripboyeva va Zuhra Erkaboyeva faoliyat yuritgan Özbekiston U-19 jamoasi 4-örindan joy oldi. Ilmira Bayjanova esa Özbekiston U-17 jamoasi bilan bronza medali sohibasiga aylandi.
Sarhisoblarga köra, Sönajon Şaripboyeva musobaqa mobaynida raqibalari darvozasini 32 marta işğol qilgan bölsa, Zuhra Erkaboyeva darvozabonlarni 16 marta doğda qoldirdi. Ilmira Bayjanovaning sermahsulligi esa 28 töpni taşkil qildi.

