«Real» turnirni tark etdi, «Arsenal» yarimfinalda. Kun öyinlari
16-04-2026, 05:41
202 марта

«Bavariya» – «Real» 4:3
Gollar: Arda Guler, 1 (0:1). Pavloviç, 6 (1:1). Arda Guler, 29 (1:2). Keyn, 38 (2:2). Mbappe, 42 (2:3). L. Dias, 89 (3:3). Olise, 90+4 (4:3)
«Bavariya»: Noyer, Upamekano, Ta, Laymer, Stanişiç (Deyvis, 46), Kimmih, Pavloviç, Gnabri (Musiala, 61), L. Dias, Olise, Keyn
«Real»: Lunin, Eder Militau, Ryudiger, Mendi, Aleksandr-Arnold (Mastantuono, 90), Bellinghem, Valverde, Arda Guler (Pitarç, 90), B. Dias (Kamavinga, 61), Vinisius Junior, Mbappe
Ogohlantirişlar: Stanişiç, 29 – Eder Militau, 40. Ryudiger, 70. Kamavinga, 78. Sebalyos, 90. Arda Guler, 90
Çetlatişlar: Kamavinga, 86 (ikkinçi sariq). Arda Guler, 90 (ikkinçi sariq)
«Bavariya» va «Real» turnirning eng yaxşi öyinlaridan birini ötkazdi. Çempionlar ligasi çorakfinalidagi javob uçraşuvi muxlislarga ajoyib intriga va yetti gol taqdim etdi. Ammo ispanlar turnirni tark etdi, Germaniya grandi esa sovrin uçun kuraşni davom ettiradigan böldi.
Myunxenliklar ustozi Vensan Kompani Madriddagi birinçi uçraşuv uçun tanlagan boşlanğiç tarkibini özgartirmadi, Alvaro Arbeloa esa birdaniga törtta özgarişga qöl urdi – ötgan öyinda zaxiradan öyinga qöşilgan Bellinghem, Militao va Braim Dias hamda soğayib safga qaytgan Mendi ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi. YeÇL tarixida ilk bor «Real» öyinni birorta ispan futbolçisisiz boşladi.
Öyin amalda 0:1 hisobidan boşlandi. Madriddagi birinçi öyin qahramoni bölgan Noyer 35-soniyada qöpol xatoga yöl qöydi. Uşbu 40 yoşli darvozabon öz odatiga köra jarima maydoni taşqarisiga çiqib, Kimmihdan pas qabul qilib oldi va keyin töpni Gulerga taşlab berdi. Turkiyalik havbek esa çap oyoğida töpni böş darvozaga aniq yönaltirdi. Bu madridliklarning YeÇL tarixidagi eng tezkor goliga aylandi.

Ammo beş daqiqa ötib «Bavariya» hisobni tenglaştirdi va umumiy hisobda yana oldinga çiqib oldi. Vensan Kompani jamoasi ilk daqiqalardan pressing uyuştirdi va «Real» futbolçilarini xato qilişga majburladi. Madridliklar bosim ostida töpni maydon taşqarisiga çiqarib yubordi, Kimmih burçakdan uzatma berdi, Lunin töpga çiqişda xatoga yöl qöydi va Pavloviç boş bilan u qöriqlayotgan darvozani işğol etdi.

«Bavariya» kutilganidek öyinni nazorat qildi. Ammo 4-4-2 sxemasida himoyalangan «Real» istalgan vaqtda tezkor qarşi hujumlar uyuştiriş imkoniga ega böldi – himoya çiziğini yuqori örnatgan mezbonlar orqada buning uçun yetarliça böşliqlar qoldirdi.
20-daqiqada Mbappe jamoasini hisobda oldinga olib çiqişi mumkin edi – Laymer bu zarbani blokladi. Keyinroq Lunin ham Kimmihning yaqin masofadan yöllagan zarbasidan keyin mehmonlarni qutqardi.
Öyinning yarim soati ortda qolganida esa Guler dublni rasmiylaştirdi. U Braim Dias işlagan jarima zarbasidan keyin töpni tösin ostidan darvoza töriga kiritdi.

Noyer töpga çiziqni kesib ötganidan keyingina yeta oldi. Mehmonlarning darvoza sohasiga töğri borgan ikki zarbadan ikki gol urişdi.

Jamoalar şouni davom ettirişdi. «Bavariya»ning ikkinçi goli ham uzoq kuttirmadi. 38-daqiqada Yupamekano maydonning «Real» darvozasi joylaşgan qismida töpni egallab oldi, uni raqiblardan heç kim qarşi olmadi. Himoyaçi oldinga yurdi va jarima maydoni içida böş qoldirilgan Keynga pas uzatdi. Ingliz hujumçisi esa bundan foydalanib, mavsumdagi 50-golini urdi.
42-daqiqada esa «Real» yana hisobda oldinga çiqib oldi. Kilian Mbappe himoyaçilar ortiga oçildi va Noyerga heç qanday imkon qoldirmadi. Jamoalar tanaffusga ikki öyin natijasiga köra 4:4 hisobida yöl olişdi.
Tanaffusdan keyin öyin kartinasida jiddiy özgariş röy bermadi. Mezbonlar töpga egalik qilişdi va pozitsion hujumlar uyuştirişdi, mehmonlar esa qarşi hujumlarda imkoniyatini izladi. 55-daqiqada Mbappeda yana bir yaqqol golli vaziyat yuzaga keldi – Noyer bu safar öz darajasini namoyiş etdi va yaqin masofadan yöllangan zarbadan keyin yorqin seyv ijro etdi. Biroz ötib u Valvardening zarbasidan keyin ham qahramonlik körsatdi.
Bunga mezbonlar ham öz hujumlari bilan javob qaytardi. Olisening zarbasini Lunin bartaraf etdi, Upamekanoga esa aniqlik yetişmadi.
Ikkinçi bölimda Kompaniya himoya çiziğini ortga surdi va madridliklarda vaziyatlar kamaydi. Arbeloa esa yangi kuçlarni maydonga taşlaşga şoşilmadi. U 61-daqiqada bitta özgariş qilib, tayanç zonasiga Kamavingani tuşirdi. Amalda bu öyin taqdirini hal qilgan özgarişga aylandi. Frantsuz yarimhimoyaçisi 78-daqiqada raqib hujumini töxtatgani uçun sariq kartoçka oldi.
8 daqiqa ötib esa ahmoqona vaziyatda maydondan çetlatildi. U avvaliga Keynni uşlab qoldi, hakam fol qayd etib huştak çalganidan keyin esa nima uçundir töpni voqea joyidan olib keta boşladi.


Buni arbitr vaqt çözişga uriniş deb baholadi va çöntagidan sariq kartoçka çiqardi. Avvaliga arbitr bu undagi ikkinçi sariq kartoçka ekanini ham payqamay qoldi va biroz ötib xatosini tuşundi va ikkinçi sariq qizilga aylandi.
«Bavariya» son borasidagi ustunlikdan tezda foydalandi. Dias Musiala bilan devor uslubida öynadi va olis burçakka qaytarib bölmas zarba yölladi. Qöşimça daqiqalarda esa «Real» yana bir gol ötkazib yubordi. Olise «qaymoqranglilar»ni uzil-kesil taslim etdi.
Endi «Bavariya»ni keyingi bosqiçda «PSJ» kutmoqda.
«Real» futbolçilari esa turnirni tark etganiga çiday olişmadi. Ular öyin yakunlanganidan keyin hakamlarni örab olib, öz etirozlarini qatiy şaklda izhor etişdi.

Bu mojaro Ardaga ham qizil kartoçka körsatilişi bilan yakunlandi.

«Arsenal» maqsadiga erişdi

«Arsenal» – «Sporting» 0:0
«Arsenal»: Rayya, Saliba, Gabriel Magalyayns, Inkapiye, Moskera, Subimendi, Rays, Eze (Gabriel Jezus, 79), Martinelli (Trossar, 79), Madueke (Douman, 63), Yokereş (Haverts, 56)
«Sporting»: Ruy Silva, Gonsalu Inasiu, Diomande, Arauxo, Kuarejma (Vayannidis, 85), Morita (Simoyes, 77), Yulmann, Trinkau (Nel, 85), Gonsalveş (Bragansa, 71), Katamu (Kenda, 71), Suares
Ogohlantiriş: Arauxo, 79
Birinçi öyin: 1:0
Parallel keçgan öyinda «Arsenal» öz maydonida «Sporting»ni qabul qildi. Safardagi ğalaba evaziga (1:0) londonliklarni durang natija ham qoniqtirardi. Bu esa öyinning tomoşabopligiga tasir körsatmay qolmadi.
Arteta tarkibdagi muammolardan kelib çiqib harakatlanişiga töğri kelardi – Saka, Timber va Merino ançadan buyon öynamayapti, Lissabondagi öyinda maydonda bölgan Edegor va Kalafiori ham javob öyini qaydnomasiga kiritilmadi.
Birinçi bölimni jamoalar ehtiyotkorlik bilan ötkazişdi va ikki jamoaning birgina zarbasi darvoza sohasiga töğri bordi (umumiy zarbalar soni böyiça 8:3 mezbonlar foydasiga). Şu bilan birga, birinçi bölimdagi eng xavfli vaziyatlar «Arsenal» darvozasi tomonda yuzaga keldi. Avvaliga Yulmann Salibaning qanotdan markazga uzatgan pasini egallab olib, Trinkauni xavfli vaziyatga çiqarib yubordi, ammo portugaliyalik yarimhimoyaçi olis burçakni aniq nişonga ololmadi. Keyin esa Rayya himoyadan çiqişda xatoga yöl qöydi, ammo Gonsalveş buning uçun uni jazolay olmadi: u öziga kelib qolgan töpni nima qilişni bilmadi va töpni qaytarib berdi. Tanaffus arafasida esa mehmonlarning qarşi hujumi Katamoning zarbasidan keyin töp ustunga borişi bilan yakunlandi.
Ikkinçi bölim boşida portugallar yana bir imkoniyatni qöldan çiqardi: 48-daqiqada uyuştirilgan qarşi hujum Arauxoning zarbasi bilan yakunlandi, ammo bu zarbadan keyin töp xato ketdi.
Şundan keyin Mikel Arteta hujumda öyini qovuşmagan Viktor Yokereşni 56-daqiqadayoq zaxiraga oldi va uning örniga Kay Havertsni taşladi. Biroz ötib Madueke jarohatlanib, 16 yoşli Maks Douman ham maydonga tuşdi. Bu özgarişlardan keyin londonliklar öyinni öz jarima maydonidan uzoqlaştirişdi va raqibda ham kuç tugab qoldi. Zaxiradan öyinçilar tuşirilişi esa kartinani özgartirmadi.
83-daqiqada «Arsenal» safida zaxiradan tuşgan yana bir futbolçi Trossar öyin masalasini hal qilib qöyişi mumkin edi, ammo uning yaqin masofadan boşda yöllagan zarbasidan keyin töp ustundan qaytdi. Qolgan vaqt davomida «kanonirlar» kerakli hisobni uşlab qolişdi va safardagi ğalaba evaziga YeÇL yarimfinaliga yöl olişdi.