Şirinjon Yöldoşeva — Osiyo çempionati kumuş medali sohibi
18-04-2026, 13:07
122 марта
Şirinjon Yöldoşeva — Osiyo çempionati kumuş medali sohibiXitoyning Ordos şahrida ötkazilayotgan kattalar örtasidagi dzyudo böyiça Osiyo çempionatida Xorazm viloyati sportçilari munosib iştirok etmoqda.
Musobaqaning ikkinçi kungi saralaş bahslari yakuniga yetdi. Keçqurungi final blokida medallar uçun keçgan bellaşuvlarda yurtimiz şarafini himoya qilgan xorazmlik sportçi Şirinjon Yöldoşeva ham muvaffaqiyatli iştirok etdi.
Xonqa tumani sport maktabi tarbiyalanuvçisi bölgan Şirinjon Yöldoşeva -70 kg vazn toifasida tatamiga çiqib, kuçli raqibalar ustidan ğalabalar qozondi hamda finalga qadar yetib bordi. Yakuniy bellaşuvda u munosib kuraş olib borib, Osiyo çempionatining kumuş medaliga sazovor böldi.
Mazkur natija nafaqat sportçining şaxsiy yutuği, balki Xorazm viloyati dzyudo maktabining rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.
Şirinjon Yöldoşevaning uşbu yutuği yurtimizda ayollar sportiga bölgan etibor yuksak ekanini yana bir bor namoyon etdi.