Google işonçli ğalabaga yaqinlaşmoqda — ÇatGPT taxtdan ağdariladimi?
24-05-2026, 19:49
66 марта

Google işonçli ğalabaga yaqinlaşmoqda — ÇatGPT taxtdan ağdariladimi?
Buyuk yölning boşlanişi doimo maşaqqatli keçadi: dastlabki qadamlarida Gemini çat-boti omadsizlik soyasida qolgandek edi. Biroq vaqt öz sözini aytdi — bugun u javoblarining aniqligi va nafi bilan ÇatGPTni ham ortda qoldirmoqda. Bu muqarrar zafar yaqinligiga, hademay u har bir foydalanuvçining doimiy hamrohiga aylanişi mumkinligiga işora.Atigi ikki yil avval xavfli raqib paydo bölib, Googlening kelajagini tuman qopladi. Butun texnologiya olamini ağdar-töntar qilib yuborgan OpenAI çat-botiga yetib olişga urinib, qidiruv giganti öz suniy intellektining hali xom, çala işlangan talqinini Google.com platformasiga şoşilinç ravişda çiqardi. Biroq şoşqaloqlik qimmatga tuşdi: tizim öz sohiblarini noqulay ahvolga solib, oçiq-oşkor xatolar qilar, masalan, odamlarga toş yeyişni yoxud pitstsaga yelim surtişni xotirjamlik bilan maslahat berar edi.
Göyoki Google internetdagi hukmronligining sönggi kunlarini ötkazayotgandek edi.
Bugun esa Google suniy intellekt sohasidagi musobaqada şunçaki taqibçi emas, balki uzil-kesil ğalaba qozonajak yetakçi sifatida qaralmoqda. Bu Kremniy vodiysida sanoqli oylarda hamma narsa röy berişi mumkinligiga yaqqol misol.
Ötgan seşanba kuni dasturçilar uçun ötkazilgan Google I/O konferentsiyasida kompaniya muhim malumotni elon qildi: bor-yöği bir yil içida Gemini çat-boti foydalanuvçilarining soni ikki barobardan ziyodga ösib, 900 million nafarga yetdi. Bu körsatkiç OpenAI tomonidan malum qilingan ÇatGPTning faol foydalanuvçilari soniga teng, asosan biznes-mijozlarga möljallangan Anthropic kompaniyasining Claude çat-boti trafigidan esa deyarli 30 barobar köpdir.
Suniy intellektga asoslangan qimmatbaho malumotlarni qayta işlaş markazlari (data-markazlar) sababli haligaça kam foyda olayotgan Anthropic va OpenAI kompaniyalaridan farqli ölaroq, Google uşbu texnologiyani özining asosiy daromad manbai — onlayn reklama orqali faol monetizatsiya qiliş yöllarini topmoqda. Oxirgi çorakda kompaniyaning reklamadan daromadi 16 foizga ösib, 77 milliard dollarga yetdi — bunga köp jihatdan marketologlarga foydalanuvçilar qiziqişlarini aniqroq tahlil qilişda kömaklaşayotgan suniy intellekt sababçi.
Tez orada Gemini öz raqobatçisining platformasi — Apple kompaniyasining iPhone qurilmalari tarkibiy qismiga aylanadi. Şu yilning yanvar oyida Google va Apple kompaniyalari Gemini tizimi Applening Siri ovozli yordamçisining yangi talqiniga poydevor bölişini elon qilişdi. Gemini allaqaçon Android tizimidagi qurilmalarga örnatilganini hisobga olsak, Apple bilan hamkorlik unga, tabir joiz bölsa, dunyodagi deyarli barça smartfonlarni egallaş imkonini beradi.
Google I/O konferentsiyasida internet-dökonlarda sotuvni oşiriş uçun suniy intellektga asoslangan aktsiyalar va xarid savati funktsiyalari taqdim etildi. Şuningdek, Gemini orqali Google Docsda şaxsiylaştirilgan matnlarni yaratiş imkoniyati kengaytirilmoqda.
«Agar mendan suniy intellekt sohasidagi ğolib kim bölişini söraşsa, Googleni tanlardim», — deydi The New York Times gazetasining sobiq reportyori, texnologik kompaniyalarning suniy intellekt sohasidagi daromad uçun kuraşi haqidagi kitob muallifi Geri Rivlin.
«Xuddi şu savolni bir yarim yil avval berganingizda, mening javobim umuman boşqaça çiqar va men Googleni körsatmasdim», — deya qöşimça qildi u.
Google kompaniyasining Gemini bilan qozongan muvaffaqiyati hatto soha giganti ham öz yetakçilik mavqeini saqlab qoliş uçun qisqa vaqt içida qançalik tubdan özgarişi mumkinligini körsatmoqda. Biroq xuddi şunday muammoga yöliqqan avvalgi yetakçilarning tarixi boşqaça keçgan.
Bundan taxminan 15 yil avval Applening iPhone va Googlening Android ekotizimi paydo bölişi bilan Microsoft şaxsiy kompyuterlar bozoridagi ustuvorligini yöqotdi va Windows Phone taqdim etilişi hamda Nokianing xarid qilinişiga qaramay, mobil texnologiyalar poygasidan çiqib ketdi. Microsoft biznes-mijozlar va geyming yönalişida foyda olişda davom etsa-da, oddiy foydalanuvçilar orasida nomsiz yulduzga aylanib ulgurdi.
Google kompaniyasi Geminini alohida mahsulot sifatida rivojlantiriş örniga butunlay boşqa yöldan bordi — suniy intellektni öz ixtiyoridagi barça asosiy servislarga ulab qöydi. Hozirda, buning ustida bir vaqtning özida, bir neçta jamoa işlayapti: ulardan biri Geminini Gmail poçta xizmatiga, boşqasi Google Maps xaritalariga moslaştirmoqda, uçinçisi esa çat-botning alohida ilovasi ustida boş qotirmoqda.
Googlening yana bir ustuvorligi bor: bu suniy intellekt imkoniyatlaridan sayyohlik sohasida foydalanişdir. Gemini — Google Flights va Google Hotels xizmatlariga töğridan-töğri ulaniş imkoniga ega yagona çat-botdir. Bu unga aviaçiptalar va turarjoylarni bemalol qidiriş imkonini beradi va Geminini amalda mukammal virtual sayyohlik agentiga aylantiradi.
«Gap faqat modelning qançalik mukammalligida emas, uning qayerda joylaşgani hamda odamlar uçun Geminini topiş, undan foydalanişni boşlaş va manfaat oliş qançalik osonligi ham muhim», — deya tuşuntiradi Creative Strategies tadqiqot firmasi prezidenti Karolina Milanezi.
Google öz texnologiyasini rivojlantiriş uçun qölidagi barça vositalardan töliq foydalandi. Kompaniya suniy intellekt tomonidan yaratilgan javoblarni dunyodagi eng köp kiriladigan sayt — Google.com platformasining doimiy funktsiyasiga aylantirdi va hozirça foydalanuvçilarga bu funktsiyani öçirib qöyiş imkoniyatini bermayapti.
Öşa, odamlarga toş yeyişni tavsiya qilgan Gemini bugun tanib bölmas darajada özgargan. Ammo mutlaqo mukammal, deyişga şoşmaslik kerak. The Times gazetasi yaqinda ötkazgan tahlil körsatişiça, Google suniy intellekti taqdim etayotgan javoblar 90 foiz holatlarda töğri çiqmoqda. Kompaniya esa bu tadqiqotga etiroz bildirib, öz texnologiyasi bundan aniqroq işlaşini takidladi.
«Ular şunday qamrovga egaki, bunday imkoniyat dunyodagi deyarli heç bir kompaniyada yöq. Keyingi Google kim böladi deysizmi? Katta ehtimol bilan bu Googlening özi», — deya xulosa qildi Rivlin.
Manba: The New York Times