2030 yilga borib öta kuçli suniy intellekt paydo böladi – Google
23-05-2026, 22:45
170 марта
2030 yilga borib öta kuçli suniy intellekt paydo böladi – Google
Taxminan 2030 yilga borib umumiy suniy intellekt (AGI) yoki boşqaça aytganda “öta kuçli SI” paydo bölişi mumkin. Bu haqda Google kompaniyasining SI (suniy intellekt) bölinmasi hisoblangan DeepMind boş direktori Demis Xassabis malum qildi.Uning sözlariga köra, bunday tizimlarning rivojlanişi birdan sodir böladigan keskin sakraş körinişida emas, balki texnologiya va fan uçun yangi imkoniyatlarni oçib beruvçi bosqiçma-bosqiç takomillaşişlar seriyasi orqali amalga oşadi.
Xassabisning qayd etişiça, AGI’ning paydo bölişi tasir kuçi jihatidan “sanoat inqilobidan ön barobar kuçliroq va ön barobar tezroq” sodir böladigan hodisaga aylanişi mumkin. Şu bilan birga, u texnologiyalar rivojlanişi albatta salbiy oqibatlarga olib kelmasligiga işonç bildirgan. Uning fikriça, suniy intellekt tibbiyot, materialşunoslik, matematika va energetika sohalaridagi rivojlanişni tezlaştirişga qodir.
AGI paydo bölganini baholaş uçun DeepMind rahbari özining şaxsiy “Eynşteyn testi” variantini taklif qilgan: tizimga fizika fanini faqat 1901 yilgaça bölgan davr böyiça örgatiş kerak, söngra u Albert Eynşteyn 1905 yildan boşlab elon qila boşlagan kaşfiyotlarga öxşaş yangiliklarni mustaqil ravişda yarata oliş-olmasligini tekşirib köriş lozim. Xassabis hozirgi modellar bunga hali qodir emasligini tan olgan, biroq kelajakda bunday imkoniyatning paydo bölişini haqiqatga yaqin deb hisoblaydi.
DeepMind rahbari, şuningdek, suniy intellekt bozorini “texnologiyalar tarixidagi eng şafqatsiz raqobat” deb atagan va Google bu borada kuçli tadqiqot bazasiga hamda texnologiyalarni ommaviy servislarga joriy etiş tajribasiga ega ekanligini takidlab ötgan.