USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Suniy intellekt qadimiy maxfiy qölyozmalar sirini oçmoqda

367 марта

Suniy intellekt qadimiy maxfiy qölyozmalar sirini oçmoqda

Suniy intellekt tarixiy arxivlarda saqlanayotgan yuzlab, hatto minglab yillar davomida öqilmagan maxfiy qölyozmalarni yeçişda muhim rol öynamoqda. Tadqiqotçilarning fikriça, SI yordamida ilgari mutlaqo tuşunarsiz bölgan matnlar, tibbiy retseptlar, siyosiy fitnalar va maxfiy jamiyatlarga oid yozuvlar bosqiçma-bosqiç oçilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.


Olimlar Vatikan kutubxonasi va Yevropadagi yirik arxivlarda saqlanayotgan şifrlangan qölyozmalarni raqamlaştirib, ularni suniy intellekt tizimlariga yuklamoqda. Uşbu hujjatlar orasida eng maşhurlaridan biri – “Borg cipher” deb nomlanuvçi 408 sahifalik sirli qölyozma bölib, u 400 yildan ortiq vaqt davomida öqilmay kelgan. Unda 34 ta ğalati belgi, bazi joylarda arabça matn va rim harflari aralaş holda uçraydi.

Tadqiqotçilar SI yordamida uşbu şifrni qisman yeçişga muvaffaq böldi va unda öşa davrga xos tibbiy “davolaş usullari” yozilgani aniqlandi. Masalan, ayrim kasalliklarga qarşi qizil vino içiş yoki maxsus tayyorlangan aralaşmalarni istemol qiliş kabi tavsiyalar uçraydi. Olimlarning takidlaşiça, bunday yozuvlar öşa davrda oçiq muhokama qilinmagan va köpinça jodugarlikda ayblanişdan qörqib yaşirin yozilgan.

Mutaxassislarning hisob-kitobiga köra, dunyo arxivlaridagi materiallarning kamida 1 foizi qisman yoki töliq şifrlangan bölişi mumkin. Bu hujjatlar diplomatik yozişmalar, maxfiy siyosiy xabarlar, diniy marosimlar, sevgi munosabatlari va kundalik hayot tafsilotlarini öz içiga oladi. Şu sababli ularni oçiş tarixiy bilimlarni sezilarli darajada boyitişi mumkin.

SI texnologiyalari, xususan “Transkribus” kabi platformalar eski qölyozmalarni avtomatik ravişda matnga aylantirişda qöllanilmoqda. Tizim qölyozmadagi belgilarni aniqlab, ularni raqamli matnga ötkazadi. Biroq murakkab şifrlarda, ayniqsa maxsus belgilar, ğalati yozuvlar yoki suniy ravişda kiritilgan çalğituvçi elementlar bölsa, inson aralaşuvi hanuz zarur bölib qolmoqda.

Tadqiqotçilar endi yanada ilğor yondaşuv ustida işlamoqda – bu tizim nafaqat matnni köçiradi, balki uni bir vaqtning özida yeçib ham beradi. Sinovlar şuni körsatdiki, bunday SI tizimi 500 belgilik şifrlangan matnni atigi 29 daqiqada oçib, hatto ingliz tiliga tarjima qilib bera olgan.

Olimlarning fikriça, SI yordamida şifrlarni oçiş jarayoni nafaqat mavjud tarixni qayta yozişga, balki butunlay yangi tarixiy faktlarni aniqlaşga ham olib kelişi mumkin. Ayniqsa, 4000 yillik Phaistos diski va qadimgi “Linear B” yozuvi kabi hali yeçilmagan sirlar kelajakda oçilişi ehtimoli yuqori.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: