USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Olimlar xavotirda: SI özini özi rivojlantirişi mumkin

78 марта

Olimlar xavotirda: SI özini özi rivojlantirişi mumkin

Anthropic hammuassisi Jek Klark va “The Anthropic Institute” ilmiy-tadqiqot instituti rahbari Marina Favaro suniy intellekt rivojlanişini sekinlaştiriş yoki vaqtinça töxtatib turişga çaqirdi. Uning bu haqdagi “SI özini özi yaratganda” nomli maqolasi elon qilindi.
“Agar uşbu texnologiya rivojlanişini samarali ravişda sekinlaştiriş va şu orqali uning ulkan muammolarini hal qiliş uçun özimizga köproq vaqt beriş imkoniyati bölganida edi, bizningça, bu juda yaxşi bölardi. Ammo, agar sekinlaşiş bozordagi eng beparvo iştirokçilarning texnologik jihatdan yetib olişlariga imkon bersa, bu hamma uçun xavfsizlik darajasini pasaytirib yuborişi mumkin. Global muvofiqlaştiriş mexanizmi mavjud bölmasa, kompaniyalar va hukumatlar raqobat hamda geosiyosiy bosim şaroitida xavfsizlikka oid qiyin qarorlarni qabul qilişga majbur bölişadi. Bizning fikrimizça, ijtimoiy tuzilmalar va SIni insoniyat manfaatlariga moslaştiriş sohasidagi tadqiqotlar texnologiyalar rivoji bilan hamqadam bölişi uçun dunyoda ilğor SI texnologiyalarini işlab çiqişni sekinlaştiriş yoki vaqtinça töxtatib turiş imkoniyati mavjud bölişi foydali bölardi”, deyiladi maqolada.
Mualliflarning sözlariga köra, SI tizimlari allaqaçon yangi modellarni işlab çiqiş jarayonini tezlaştirmoqda va ilgari odamlar bajargan vazifalarni tobora köproq öz zimmasiga olmoqda. Agar uşbu tendentsiya davom etsa, kelajakda öz vorislarini mustaqil ravişda loyihalaştiriş va öqitişga qodir tizim paydo bölişi mumkin. Mualliflar bunday stsenariyni rekursiv öz-özini mukammallaştiriş deb atagan.

Anthropic kompaniyasi bu holat hali sodir bölmaganini va bu muqarrar emasligini qayd etmoqda. Şu bilan birga, ularning fikriça, bunday buriliş nuqtasi davlat va jamiyat institutlari bunga tayyor bölişidan oldinroq sodir bölişi mumkin. Kompaniyaning qayd etişiça, 2026 yilning may holatiga köra, Anthropic’ning kodlar bazasiga tuşayotgan kodlarning 80 foizdan ortiği Claude tomonidan yozilgan.
Claude kamroq tuzatişlarni talab qilmoqda, eng oçiq va murakkab vazifalarda esa uning muvaffaqiyat körsatkiçi 2026 yil may oyida 76 foizga yetgan va yarim yil içida 50 foizlik punktga ösgan. Kompaniya Claude kodi sifat jihatidan insonniki bilan deyarli tenglaşgan, bir yil içida esa undan yaxşiroq bölişi mumkin deb hisoblamoqda.


Maqolada aytilişiça, Claude aniq belgilab berilgan tajribalarni odamlardan köra yaxşiroq ötkazişni allaqaçon biladi. Masalan, kiçikroq modelni öqitiş uçun kodni optimallaştiriş vazifasida tizim jarayonni taxminan 52 barobar tezlaştirişga erişgan, vaholanki tajribali tadqiqotçi bir neça soat içida buni faqat 4 barobar atrofida tezlaştira olgan.

Şu bilan birga, SI modellari inson tomonidan maqsad aniq belgilab berilgan vazifalarni juda yaxşi bajaradi, biroq yanada mavhum sörovlar bilan işlaşga kelganda hozirça qiynalmoqda. Dasturçilar buni hozirgi SI va öz vorisini töliq mustaqil yarata oladigan tizim örtasidagi eng asosiy tösiq deb atamoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: