“Jiddiy muammo”. Erondagi uruşga doir SI videolari keskin köpaymoqda
7-03-2026, 16:59
531 марта

“Jiddiy muammo”. Erondagi uruşga doir SI videolari keskin köpaymoqda
Pul işlaş maqsadida suniy intellekt orqali yaratilgan Eron uruşi videolari köpayib bormoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.Malum bölişiça, AQŞ-Isroilning Eron bilan uruşi haqidagi suniy intellekt tomonidan yaratilgan misli körilmagan notöğri malumotlar tölqini generativ SI texnologiyasidan foydalaniş imkoniyati kengaygan onlayn kontent yaratuvçilar tomonidan daromad manbaiga aylantirilmoqda.
Uruş haqida yolğon va çalğituvçi davolar qiliş uçun suniy intellekt tomonidan yaratilgan videolar va soxta suniy yöldoş tasvirlaridan foydalanilgan köplab misollar mavjud bölib, ular internetda yuz millionlab marta körilgan.
“Kölami çindan ham xavotirli va bu uruş hozir uni etiborsiz qoldirişni imkonsiz qildi. Ilgari professinal video işlab çiqarişni talab qiladigan işlar endi suniy intellekt vositalari yordamida bir neça daqiqada bajariş mumkin. Işonçli suniy mojaroli tasvirlarni yaratişdagi tösiq deyarli yöq bölib ketdi”, degan Kvinslend Texnologiya universitetining raqamli media böyiça mutaxassisi Timoti Grem.
X platformasi şu haftada agar yaratuvçilar qurolli mojarolar haqidagi suniy intellekt tomonidan yaratilgan videolarni yorliqsiz joylaştirsa, ularni monetizatsiya dasturidan vaqtinça töxtatib qöyişini elon qilgan.
“Ular bu katta muammo ekanligini sezilarli belgisidir. Biz TikTok va Facebook hamda Instagram’dan bunday holatlarga çora körişini söradik. Ammo ular bizning izoh beriş haqidagi sörovlarimizga javob berişmadi”, deydi Oksford Internet institutining Eron böyiça ixtisoslaşgan tadqiqotçisi Mahsa Alimardoni.