Energetika vazirining Otabek Bakirov ustidan şikoyati qayta körib çiqiladi
29-04-2026, 23:23
241 марта

Energetika vazirining Otabek Bakirov ustidan şikoyati qayta körib çiqiladi
Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovning iqtisodçi Otabek Bakirov ustidan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasiga kiritgan arizasi qayta körib çiqiladi. Bu haqda bugun, 29 aprel kuni iqtisodçi özining Telegram-kanalida malum qildi.Uning bildirişiça, Jörabek Mirzamahmudov avvalgi arizasi böyiça jinoyat işi qözğatiş rad etilganidan keyin bir hafta ötib-ötmay, 2024 yil 26 dekabrda özining Telegram-kanalida elon qilingan bir neça seriyali nisbatan huquqiy baho beriş va qonuniy tartibda çora körişni sörab Toşkent şahar IIBBga şikoyat qilgan. Mazkur holat böyiça oradan qariyb 14 oy ötib, 2026 yil 23 yanvarda Toşkent şahar IIBB jinoyat işi qözğatişni rad etiş töğrisida qaror qabul qilgan.
Lekin maulum bölişiça, 2026 yil 25 mart kuni Toşkent şahar prokuraturasi jinoyat işini rad etiş haqidagi qarorni bekor qiliş töğrisida qaror qilgan. Hozirda iş Yaşnobod IIBga tuşirilgan.
Bakirovga köra, Mirzamahmudov şikoyatining mazmuni “2024 yil dekabr oyida metan “zapravka”larda gaz bor-yöqligi va navbatlar haqida malumot beradi”, deya taqdim etilgan Avto24 ilovasiga bildirilgan etirozlar, şuningdek Toşkent tumanida “rejaga çiqiş uçun” “paydar-pay gaz-svet öçirilişlar” bilan boğliq.
“Qiziği, şikoyat va qayta oçilgan iş yana qariyb 1,5 yil avvalgi çiqişlar bilan boğliq va özgarişsiz jihati şundaki, mazkur post yozilayotgan kunda ham svet uç marta, qariyb 4 soatga öçdi”, deydi iqtisodçi.