Özbekistonlik fura haydovçilarining Rossiyada vizasiz qoliş muddati 2 karra uzaytirildi
1-05-2026, 16:13
92 марта

Özbekistonlik fura haydovçilarining Rossiyada vizasiz qoliş muddati 2 karra uzaytirildi
Rossiya Federatsiyasi hukumati MDH davlatlari fuqarolari bölgan va xalqaro avtomobil taşuvlarini amalga oşiruvçi professional haydovçilar uçun Rossiyada vaqtinça böliş muddati bir kalendar yili davomida jami 180 kungaça uzaytirildi. Bu haqda joriy yilning 27 aprel kuni qabul qilingan “Rossiya Federatsiyasi hududida ayrim toifadagi xorijiy fuqarolarning vaqtinça böliş muddatini uzaytiriş töğrisida”gi qarorda belgilandi.Hujjatga köra, xorijiy haydovçilar, şu jumladan, özbekistonliklar ham Rossiya hududida kalendar yili davomida avvalgi 90 kun örniga 180 kungaça qolişlari mumkin böladi.
Buning uçun haydovçi şaxsni tasdiqlaş uçun Rossiyaga kiriş va u yerda böliş maqsadida ariza yuborişi, unga şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar hamda xalqaro taşuvni amalga oşirayotganini tasdiqlovçi hujjatlar nusxalarini ilova qilişi lozim.
Qaror xalqaro logistika bilan şuğullanuvçi haydovçilarga tegişli bölib, 2026 yil 30 iyun sanasidan kuçga kiradi.
Agar kiriş uçun ariza yuborilmasa, xorijiy fuqaroning Rossiyada vaqtinça böliş muddati yil davomida 90 kundan oşmaydi.
Rossiyaga kiriş uçun haydovçilar oldindan onlayn ariza topşirişlari kerak. Ariza Rossiyaga kirişdan 90 kun oldin, eng keç 72 soat oldin topşiriladi. Şoşilinç holatlarda esa, kirişdan 4 soat oldin ham ariza yuboriş mumkin böladi. Tartibi bilan batafsil tanişib çiqiş uçun yöriqnoma ham elon qilingan.