USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Soliqdan silliq çiqyotgan yirik “arzandalar”

59 марта

Soliqdan silliq çiqyotgan yirik “arzandalar”

Özbekiston soliq imtiyozlari ölkasi desak, albatta yaqindagina bu mavzuda rosa şovqin kötargan “artist”larning, yana ham bazi kiçik biznes va çakana savdo egalarining balki peşonalari tirişar. Sababi ular arzimagan (har holda, hozir öqiydigan summalaringiz oldida bular aniq arzimagan) tölanmay qolgan soliqlari uçun bazan yaxşigina jarimalar tölayotgan bir vaqtda, hukumat katta “arzanda” taşkilotlarni davomiy siylab kelmoqda. Masalan, 2025 yilda “Uzbekistan GTL” MÇJ taşkiloti 2,8 trln söm, UzAirways 2,4 trln söm, “Özbekneftgaz” esa 1,7 trln sömlik soliq imtiyozlariga loyiq körilgan. Bojxona imtiyozlaridan foydalanişda esa “Enter Engineering”ning birgina loyihasi 1,1 trln sömlik imtiyoz olgan bölsa, energetikaning yana bir vakili “Uzgastrade” AJ 2,1 trln söm imtiyoziga ega bölgan. Gapning kattasini aytganda, 2025 yilda umumiy soliq imtiyozlarining jami summasi 178,1 trln söm bölgan.

Yaqindagina korxonalarning 2025 yil yakuni böyiça soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalaniş holatiga oid malumotlarning oçiq elon qilinişini Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan tahlil qilingan edi. Uşbu tahlilda yuqoridagi nomlar va sonlarni köriş mumkin.  Agar, bu fiskal tahlillarning özi yana ozgina tahlil qilinsa, barçasi yanada ravşan böladi.

Uşbu tahlil va undagi közga har safar “issiq” körinyotgan taşkilotlar 2025 yilda Özbekistondagi imtiyozlar tizimi naqadar kengayganini körsatib turibdi. Iqtisodiy nuqtai nazardan qarasak, davlat tomonidan berilgan jami 178,1 trillion sömlik yordamning katta qismi aynan soliqlar hisobiga töğri kelmoqda. Yani, korxonalar ixtiyorida qoldirilgan 119 trillion sömlik soliq imtiyozlari byudjetga tuşişi kerak bölgan mablağlarning salmoqli qismidir. Bojxona imtiyozlari esa 59,1 trillion sömni taşkil etib, asosan çetdan olib kelinadigan texnologik uskunalar va xomaşyolarni qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan.


Bu raqamlar şuni anglatadiki, hozirgi vaqtda mamlakat iqtisodiyotini yurgizib turgan yirik kompaniyalar va davlat loyihalari soliq yukidan sezilarli darajada ozod etilgan. Bunday katta hajmdagi imtiyozlar bir tomondan işlab çiqarişni rağbatlantirsa, ikkinçi tomondan davlat byudjetining daromad qismiga katta tasir ötkazadi. Sönggi vaqtlardagi imtiyozlar holatini va dinamikasini kengroq tuşuniş uçun, 2023 yildagi umumiy raqamlar va 2025 yildagi statistikalarni taqqoslagan holda közdan keçiriş mumkin. 

Soliq va bojxona imtiyozlarining umumiy dinamikasi
Özbekiston iqtisodiyotida tadbirkorlik subektlariga berilayotgan jami imtiyozlar hajmi 2023 yildan 2025 yilga qadar sezilarli ösiş trayektoriyasini namoyon etgan. 2023 yil yakunlari böyiça jami imtiyozlar miqdori 127,1 trln sömni taşkil etgan bölsa, 2025 yilgi hisobotda bu körsatkiç 178,1 trln sömga yetganini köriş mumkin. Ikki yil içida jami imtiyozlar miqdori qariyb 51 trln sömga yoki 40 foizga oşgan. Bu ösişning asosiy drayveri soliq imtiyozlari bölib, ular 69,7 trln sömdan 119 trln sömga kötarilgan. Bojxona imtiyozlari esa nisbatan barqarorlik saqlab, 57,4 trln sömdan 59,1 trln sömga özgargan.


Soliq imtiyozida tarkibiy özgarişlar
Yil yakuni böyiça 143205 ta subekt tomonidan soliq imtiyozlaridan foydalanilgan bölib, imtiyoz summasi 119 trln sömni taşkil etgan. Soliq imtiyozlaridan foydalanuvçilar röyxatida yetakçilar almaşinuvi kuzatilgan. Masalan, 2023 yilda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 8,3 trln söm imtiyoz bilan röyxat boşida turgan bölsa, 2025 yilgi oçiq malumotlarda uşbu korxona va OKMK jadvaldan joy olmagan. Natijada, 2025 yilda “Uzbekistan GTL” MÇJ 2,8 trln söm bilan birinçi öringa çiqqan. Şuningdek, “Uzbekistan Airways” AJ (2,4 trln söm) va “Özbekneftgaz” AJ (1,7 trln söm) ham yaxşigina imtiyozga ega bölganlardan. Yangi tendentsiya sifatida, 2025 yilda xususiy sektor vakillari – “Luxury Diamond” (811,8 mlrd söm) va “Solutions Lab” (650,8 mlrd söm) kabi subektlarning yuqori öntalikka kirganini qayd etiş mumkin. Jadvalda NKMK hamda OKMK, tijorat banklari va suğurta taşkilotlar kiritilmagan.
Bojxona imtiyozlari va taşqi iqtisodiy faoliyat
Bojxona imtiyozlaridan esa 15346 ta taşkilot foydalangan bölib, ularning umumiy qiymati 59,1 trln sömni taşkil qilgan. Infografika va rasmiy malumotlar şuni körsatadiki, imtiyozlarning katta qismi hamon yirik davlat korxonalari va hukumat darajasidagi loyihalarni amalga oşiruvçi pudratçilar ixtiyorida qolmoqda. Masalan, xorijiy kompaniyalarning doimiy muassasalari orasida “Enter Engineering Pte. Ltd.” mutlaq yetakçilikni saqlab qolgan. Agentlikning 2025 yilgi hisobotlariga köra, kompaniyaning turli loyihalari (masalan, Qoraözak TES, Boysun GPZ, Samarqandkimyo) bir neça trillion sömlik bojxona imtiyozlarini qölga kiritgan. Xususan, uning faqatgina bitta loyihasi – Qoraözak TES böyiça imtiyoz summasi 1,1 trln sömga yetgan, bu 2023 yildagi körsatkiçlardan sezilarli darajada yuqoridir. Şu bilan birga, bojxona preferentsiyalari tarkibida “Uzgastrade” kabi energiya resurslari taminoti bilan şuğullanuvçi subektlarning uluşi ortgan. Bu esa iqtisodiyotda energiya xavfsizligi va yirik infratuzilmaviy loyihalarni qöllab-quvvatlaş uçun davlat byudjetining potentsial daromadlaridan voz keçiş evaziga imkoniyat yaratilayotganidan dalolat beradi. Bojxona imtiyozlari kesimida 2023 yilda logistika va işlab çiqariş ustunlik qilgan bölsa (masalan, “Uzbekistan Airways”), 2025 yilga kelib asosiy urğu energiya resurslari va yirik quriliş loyihalariga köçgan. “Uzgastrade” AJ 2,1 trln söm bilan bojxona imtiyozlari böyiça yetakçi bölib turibdi. Şu bilan birga, “RWS Optimum” (1,4 trln söm) va “First Fruits” (955,1 mlrd söm) kabi korxonalarning paydo bölişi import tarkibidagi özgarişlardan dalolat beradi. 
Soliq tuşumlari qanday?
Soliq va bojxona imtiyozlarining qöllaniliş dinamikasi oxirgi yillarda keskin ösiş suratlarini namoyiş etayotgan bir paytda, yirik davlat monopollari tomonidan byudjetga tölanyotgan töğridan-töğri soliq tuşumlarida sezilarli qisqariş kuzatilgan. Masalan, mamlakatning eng yirik korxonalaridan biri bölgan “UzAuto Motors” AJning soliq tuşumlari 2025 yil yakunlariga köra 1 355,8 milliard sömga qisqarib, 2 013 milliard sömni taşkil etgan bölsa, “Özbekneftgaz” AJ tomonidan tölangan soliqlar miqdori ötgan yildagi 4 190,6 milliard sömdan 3 808,2 milliard sömgaça, yani 382,4 milliard sömga kamaygan. Şu bilan birga, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari hamda “UzGasTrade” kabi yirik tizimlar böyiça soliq tuşumlariga doir malumotlarning oçiqlanmay qolgani iqtisodiy tahlillarning şaffofligi borasida savollarni yuzaga keltiradi. Umumiy manzara şuni körsatadiki, strategik tarmoqlarga berilayotgan trillionlab sömlik imtiyozlar fonida yirik soliq tölovçilarning byudjet oldidagi majburiyatlari hajmi pasayiş trendiga kirgan.
Qiyosiy xulosa
Raqamlar tahlili şuni körsatadiki, davlat tomonidan taqdim etilayotgan fiskal yordam kölami kengayişda davom etmoqda. Soliq imtiyozlarining deyarli ikki barobarga ösişi iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga berilayotgan preferentsiyalar köpayganini anglatadi. Tahlilda individual imtiyozlar berilgan yakuniy manfaatdor jismoniy şaxslar oçiqlanmagan. Bojxona imtiyozlari böyiça esa yirik davlat strategik korxonalari va hukumat loyihalari doirasidagi pudratçilar (xususan, energetika va gaz sektori) asosiy benefitsiar bölib qolmoqda. Imtiyozlar miqdorining 178 trln sömdan oşişi byudjet daromadlarini şakllantirişda uşbu summaning muqobil manbalar orqali qoplanişi zaruriyatini yuzaga keltirişi mumkin.
Oybek Rustamov

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: