41 özbekistonlik Turkmaniston orqali Erondan qaytarildi
6-05-2026, 10:53
248 марта

41 özbekistonlik Turkmaniston orqali Erondan qaytarildi
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bir guruh özbekistonliklarni Erondan Turkmaniston orqali tranzit yöli bilan qaytişini taminladi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.Özbekistonning Aşxobod va Tehrondagi diplomatik vakolatxonalari Turkmanistonning tegişli idoralari bilan hamkorlikda viza va transport-logistika masalalarini tezkorlik bilan hal qilgan.
Turkmaniston tomonining kömagi bilan 41 nafar Özbekiston fuqarosi “Saraxs–Seraxs” va “Gaudan–Bajgiran” çegara ötkaziş punktlarida kutib olinib, diplomatik xodimlar tomonidan ularning Özbekistonga xavfsiz yetib kelişi taminlangan.
“Uşbu çora-tadbirlar Özbekiston taşqi siyosatida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş ustuvor ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Şu bilan birga, tomonlarning muvofiqlaştirilgan say-harakatlari mintaqadagi özaro işonç va yaxşi qöşniçilik munosabatlarining yuksak darajasini namoyon etdi”, deyiladi xabarda.