Erondan Turkmaniston orqali çiqayotgan özbekistonliklarga yordam beriladi
2-03-2026, 23:10
103 марта

Erondan Turkmaniston orqali çiqayotgan özbekistonliklarga yordam beriladi
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Erondan Turkmaniston hududi orqali mamlakatga qaytayotgan fuqarolarga yordam körsatiş çoralarini körmoqda. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.Qayd etilişiça, Özbekistonning Aşxoboddagi elçixonasi Turkmaniston Taşqi işlar vazirligi tezkor ştabi va vakolatli taşkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Şuningdek, Özbekistonning Erondagi elçixonasi bilan doimiy aloqa örnatilgan. Fuqarolarni “Saraxs” Turkmaniston–Eron çegara nazorat-ötkaziş punktida kutib oliş uçun elçixona xodimlari va avtomaşinalari safarbar qilingan.
Özbekistonning Turkmanistondagi elçixonasi xodimlarining aloqa malumotlari:
+993 64 78-04-44 – Jasur Aşurov;
+993 64 99-34-58 – Jamşid Buriyev;
+993 62 20-49-56 – Jasur Axmedov (konsul).