Eron hududidan 30 dan ortiq özbekistonlik evakuatsiya qilindi
16-06-2025, 14:01
239 марта

Eron hududidan 30 dan ortiq özbekistonlik evakuatsiya qilindi
Joriy yil 16 iyun holatiga köra, 30 dan ortiq Özbekiston fuqarosi Eron hududidan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilinib, Vatanga qaytarildi.Mazkur jarayonga Turkmaniston, Ozarbayjon va Erondagi diplomatik idoralar yaqindan kömak bergan.
«Fuqarolarimizning xavfsizligini taminlaş maqsadida barça zarur çoralar körilmoqda. Eron va Isroildagi elçixonalarimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda.
Ayni paytda uşbu davlatlarda bölib turgan fuqarolarimizga xavfsiz joylarda böliş, rasmiy axborotlarni doimiy ravişda kuzatib boriş va elçixonalarimiz bilan aloqada böliş tavsiya etiladi», – dedi Özbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhanov.
Erondagi Özbekiston Elçixonasi aloqa malumotlari:
Telefon: +98 (21) 22299780, 22832025
Elektron poçta: iri.uzembassy@mfa.uz
Isroildagi Özbekiston Elçixonasi aloqa malumotlari:
Telefon: +972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076
Şoşilinç xabarlar uçun: +972 (54) 485-1397
Elektron poçta: il.uzembassy@mfa.uz