USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Suriyada bir guruh özbek jangçilari qölga olindi

255 марта

Suriyada bir guruh özbek jangçilari qölga olindi

Manba: arxiv / Reuters
Suriya xavfsizlik kuçlari mamlakat şimoli-ğarbida ötkazilgan operatsiyada bir guruh özbek jangçilarini qölga oldi. Bu haqda xavfsizlik xizmatidagi ikkita manbaga tayanib, Reuters xabar berdi.

Malumotlarga köra, jangçilardan biri Idlib şahrida öt oçişda ayblangan va hibsga olingan. Şundan söng qurollangan bir guruh özbek jançilari uni ozod etişni talab qilib namoyişga çiqqan. Namoyişlar xavfsizlik xizmati binosi oldida ham ötkazilgan.

“Xavfsizlik kuçlari Idlibning bir qança hududlarida, jumladan, Kafriya va al-Fua şaharlarida norozilik namoyişida qatnaşgan özbekistonlik jangçilarni qölga olgan”, dedi mahalliy aholi va rasmiylar.
Yuqoridagi otişma ovozi eşitilgan şaharlarga qöşimça kuçlar va konvoylar joylaştirilgan. Özbek jangçilaridan qançasi hibsga olingani hozirça aniq emas.

Suriya xavfsizlik xizmati manbasining Reuters agentligiga malum qilişiça, 2025 yili Suriyada 1500 ga yaqin özbek jangçilari bölgan, ularning bazilari oilalari bilan birga yaşaydi.

Bu sönggi oylarda Suriya hukumati kuçlari va xorijiy jangçilar örtasida Idlibdagi ikkinçi töqnaşuv hisoblanadi. 2025 yilning oktyabr oyida Turkiya çegarasi yaqinida Omar Omsen boşçiligidagi lager atrofida ham şunday taranglik yuzaga kelgan edi.
Suriya hukumati köplab xorijiy jangçilarning maqomini rasmiylaştirişga harakat qildi va ularning minglab qismini yangi Suriya armiyasi tarkibiga kiritdi. Bazilar yuqori davlat lavozimlarini egalladi, xususan, iordaniyalik jangçiga prezidentni himoya qiliş vazifasi yuklatilgan, u Respublika gvardiyasiga qömondonlik qiladi. Avstraliyalik esa yangi taşkil etilgan suveren fondga rahbarlik qilmoqda.

Reuters agentligi 2025 yili AQŞ Suriyaning 3500 ga yaqin xorijiy jangçilarni yangi taşkil etilgan armiya diviziyasiga integratsiya qiliş rejasini maqullagani haqida xabar bergandi. Ularni rasmiy tuzilmalardan taşqarida qoldirişdan köra davlat nazorati ostiga oliş afzalroq ekani takidlangan.

Suriya prezidenti Ahmad aş-Şaraa sönggi bir yil içida Qöşma Ştatlar bilan yaqin aloqalar örnatdi. Damaşq noyabr oyida IŞIDga qarşi AQŞ boşçiligidagi koalitsiyaga qöşildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: