Özbekiston Afğonistonga 26 tonnadan ortiq uruğ yetkazib berdi
13-05-2025, 13:53
335 марта
Özbekiston Afğonistonga beğaraz ravişda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib berdi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi xabar berdi.Malum qilinişiça, Afğoniston qişloq xöjaligi, irrigatsiya va çorvaçilik vaziri boşçiligidagi rasmiy delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurgan. Ular Toşkent va Samarqand viloyatlaridagi agrar korxonalar, agroklasterlar va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanişgan. Ular qişloq xöjaligini raqamlaştiriş, hosildor uruğçilik, zamonaviy suğoriş texnologiyalari hamda qayta işlaş sanoati yönalişlarida erişilgan yutuqlar bilan taniştirilgan.
Şuningdek, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş maqsadida Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan Afğoniston fermerlari va agrar tuzilmalariga beğaraz yordam tariqasida qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib berilgan. Jumladan, Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Uruğçilikni rivojlantiriş markazi tomonidan saralangan, yuqori sifatli va ob-havo şaroitlariga çidamli, sertifikatlangan 5 tonna çigit (200 gektar yer maydoni uçun), 20 tonna şoli (100 gektar maydon uçun), 500 kilogramm moş (25 gektar uçun), şuningdek, 187 kilogramm sabzavot uruğlari va 600 kilogramm poliz ekinlarning uruğlari topşirilgan.
“Mazkur amaliy yordam Afğonistonda oziq-ovqat xavfsizligini taminlaş, qişloq aholisi bandligini oşiriş hamda agrar sohada innovatsiyalarni joriy etişga xizmat qilişi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga muvofiq xalqning bağrikenglik va qöllab-quvvatlaş ramzi sifatida Navröz bayrami va Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) munosabati bilan Afğoniston aholisiga qariyb 200 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan insonparvarlik yuki qöşni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazilgan edi.