Mirziyoyev Moskvada Putin, Töqayev, Lukaşenko va boşqa yetakçilar bilan uçraşdi
9-05-2026, 19:59
115 марта
Mirziyoyev Moskvada Putin, Töqayev, Lukaşenko va boşqa yetakçilar bilan uçraşdiÖzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Moskva şahriga amaliy taşrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.
Davlatimiz rahbarining Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 81 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda iştirok etişi umumiy Ğalabaga munosib hissa qöşgan millionlab insonlar xotirasiga yuksak ehtirom ifodasi böldi. Şuningdek, Özbekiston xalqi tomonidan front va front ortida namoyon etilgan beqiyos jasorat, matonat va fidoyilik alohida etirof etildi.
Prezidentning xorijiy taşriflari nafaqat xalqaro tadbirlarda iştirok etiş, balki xorijiy davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qiliş uçun ham muhim imkoniyat sanaladi.
Xususan, Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan bir qatorda Qozoğiston Prezidenti Kassym-Jomart Tokayev, Belarus Prezidenti Alexander Lukaşenko, Slovakiya Boş vaziri Robert Fico, Malayziya Podşohi Sultan Ibrahim hamda Laos Prezidenti Thongloun Sisoulith bilan suhbatlar ötkazdi.
Uçraşuvlarda ikki tomonlama hamkorlik, mintaqaviy aloqalar va özaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilingani takidlanmoqda.

