Moskvada parad boşlandi
9-05-2026, 12:26
502 марта

Moskvada parad boşlandi
Bugun, 9 may kuni Moskvadagi Qizil maydonda Ğalabaning 81 yilligiga bağişlangan harbiy parad boşlandi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.Tantanali marosimda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenko öğli Nikolay bilan birga, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va boşqa davlat rahbarlari iştirok etmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi malum qilişiça, Qizil maydondan quruqlik qöşinlari, harbiy öquv yurtlari kursantlari hamda turli turdagi qöşinlar harbiy xizmatçilari ötib ötadi. Şuningdek, Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”da iştirok etgan bölinmalar ham paradda qatnaşmoqda.