USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 71 mlrd dollarga yaqinlaşdi

96 марта

Özbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 71 mlrd dollarga yaqinlaşdi 

Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026 yil 1 may holatiga köra, 70,9 mlrd dollargaça köpaydi. Bu haqda Markaziy bank malumotlarida keltirilgan.

Mamlakat zaxiralarining qariyb 87 foizini taşkil etuvçi oltin narxining qimmatlaşuvi zaxiralar ösişining asosiy omili böldi. Jahon bozorida narxlar oşgani fonida oltin zaxirasi qiymati 743,6 million dollarga oşib, 61,6 milliard dollarga yetdi. Valyuta zaxiralari qismi ham 1,15 milliard dollarga köpayib, 8,7 milliard dollarga yetdi.

Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi13,4 mln troya untsiyadan 13,3 mln troya untsiyagaça kamaygan. Bu esa aprel oyida oltin sotilgan bölişi mumkinligini anglatadi.


Qimmatli qoğozlar hajmi esa bir oz oşib, 1,55 milliard dollarni taşkil etdi.
Mart oyida zaxiralar hajmi 8,1 mlrd dollarga (10,5 foizga) qisqarib, 68,99 mlrd dollarni taşkil etgandi. Bunga öşa oyda oltin narxining 5 174 dollardan 4 553 dollargaça tuşişi jiddiy tasir qilgandi. 

Özbekistonda ikkita yirik korxona — Navoiy va Olmaliq kon metallurgiya kombinatlari oltin qazib oladi. Markaziy bank ulardan oltinlarni sotib oluvçi yagona xaridor va eksklyuziv huquq egasi hisoblanadi. Ötgan yili Navoiy kon metallurgiya kombinatining özi 98,1 tonna oltin qazib olgan. Buning umumiy qiymati 135,6 trillion sömni (11,3 milliard dollar) taşkil etgan. Mart oyida Özbekiston oltin zaxiralari hajmi böyiça dunyoda 14-örinni egallagani xabar qilingandi.

Oxirgi yillarda mamlakat eksporti tuşumlarining qariyb uçdan bir qismi oltin sotuvidan kelmoqda. Jumladan, 2025-yilda respublika tarixda kuzatilmagan yuqori qiymat — 9,9 milliard dollarlik oltin eksport qilindi. Bu mamlakat jami yillik eksport qiymatining 29,3 foiziga teng.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: