Quvaytning Özbekistondagi yangi elçisi tayinlandi
12-05-2026, 07:33
87 марта

Quvaytning Özbekistondagi yangi elçisi tayinlandi
Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Quvaytning mamlakatdagi yangi tayinlangan elçisi Turki Xolid Hamad al-Mikraddan işonç yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda Saidov özining Telegram-kanalida malum qildi.Uning bildirişiça, Özbekiston va Quvayt örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari kun tartibi markazida bölgan.
“Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining 2025 yil fevral oyida Quvaytga amalga oşirgan davlat taşrifi ikki tomonlama munosabatlarimizni yangi bosqiçga olib çiqqanini qayd etdik”, deydi Saidov.Unga köra, körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi hamda boşqa xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuçaytiriş masalalari ham körib çiqilgan.
“Elçi janoblariga Özbekistondagi masuliyatli va şarafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.