USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi dizel yonilğisining bir qismini davlat qoplaydi

135 марта

Endi dizel yonilğisining bir qismini davlat qoplaydi

Özbekiston Respublikasi Prezidentining yangi imzolagan farmoniga binoan, qişloq xöjaligida paxta-buğdoy yetiştirişda qöllab-quvvatlanişi va şu bilan birga, fermer xöjaliklariga dizel yonilğisining bir qismini byudjetdan qoplanişi belgilab berildi.

Paxta va buğdoy yetiştiruvçilar moliyaviy qöllab-quvvatlanadi

“Paxta va buğdoy yetiştiruvçilarni moliyaviy qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, 2026 yil hosilidan boşlab Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada tölovlar agentligi (Agentlik) tomonidan paxta xomaşyosini yetiştiriş uçun ajratilgan imtiyozli kreditlarni şartnomada belgilangan muddatda qaytargan xöjaliklarga uşbu kreditlar böyiça tölangan foizning 2,5 foizlik punkti va hosil yilining yakuniga (31 dekabriga) qadar qaytargan xöjaliklarga kreditlar böyiça tölangan foiz tölovlarining 5 foizlik punkti kompensatsiya qilinadigan böldi.
Bundan taşqari, buğdoy yetiştiriş xarajatlari uçun ajratilgan imtiyozli kreditlarni ham hosil yilining 1 avgustiga qadar töliq qaytargan xöjaliklarga uşbu kreditlar böyiça tölangan foiz tölovining 4 foizlik punkti qoplab beriladi. Şu bilan bir qatorda, paxta xomaşyosini xarid qiliş uçun paxta-töqimaçilik klasterlari hamda paxta xomaşyosini qayta işlaş va ip-kalava işlab çiqariş zanjiriga ega töqimaçilik korxonalariga ajratilgan tijorat kreditlari böyiça tölangan foiz tölovining 8 foiz punktidan yuqori, lekin 16 foiz punktdan oşmagan qismi ham davlat tomonidan qoplanişi belgilandi.


Ayrim qişloq xöjaligi korxonalariga subsidiya ajratiladi

Farmonga köra, dizel yonilğisini xarid qiliş bilan boğliq xarajatlarni qisman qoplaş maqsadida 2026 yil 1 apreldan 2026 yil 1 iyulgaça qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan birja orqali xarid qilingan har bir tonna dizel yonilğisi qiymatining 13 mln sömdan oşgan qismi uçun, biroq 2 mln sömdan köp bölmagan miqdorda respublika byudjeti hisobidan Agentlik orqali subsidiya ajratiladi.
Şu bilan birga, 2026 yil 1 sentyabrdan Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasining xöjaliklarga quyidagi subsidiyalarni ajratiş vakolati Agentlikka ötkaziladi:
  • qişloq xöjaligi subektlariga öz mablağlari hamda tijorat banklari kreditlari hisobidan yetiştirilgan paxta xomaşyosini birjada sotganda rasmiylaştirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab beriş;
  • paxta-töqimaçilik klasterlari hamda ip-kalava işlab çiqariş zanjiriga ega töqimaçilik korxonalariga öz mablağlari hisobidan xarid qilingan paxta xomaşyosi qiymatining bir qismini qoplab beriş.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: