Özbekistonda biznes boşlaş uçun garovsiz kreditlar miqdori oşiriladi
9-02-2026, 18:18
112 марта

Özbekistonda biznes boşlaş uçun garovsiz kreditlar miqdori oşiriladi
Özbekistonda biznes boşlamoqçi bölganlarga garov taminotisiz beriladigan kreditlar miqdori oşiriladi.Qayd etilişiça, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida mahallalarda tadbirkorlik qilmoqçi bölgan özini özi band qilgan şaxslarga garov taminotisiz ajratiladigan kreditlar miqdori 50 million sömgaça oşiriladi.
Çorvaçilikka ixtisoslaşgan mahallalarda esa import qilingan va sertifikatlangan naslli çorva mollari xaridi va tuyaçilik uçun kredit summasi 100 million sömgaça yetkaziladi.
Şu bilan birga, turizm rivojlangan mahallalarda uy mehmonxonalarini taşkil qiliş hamda ixtisoslaşuvi 50 foizdan yuqori mahallalarda mahsulotlarni saqlaş va qayta işlaş uçun minitexnologiyalar sotib olişga 150 million sömgaça garovsiz kredit beriladi.
Ajratiladigan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni oldindan yetkazib beriş talabi ham bekor qilinadi.
2026 yil 1 martdan tijorat banklari tomonidan amalga oşirilayotgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida mahallalar ixtisoslaşuvini çuqurlaştiriş böyiça ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining bir qismiga kompensatsiya taqdim etiladi.
Bunda mahsulot yetiştirişga qaratilgan loyihalar böyiça kreditlar foiz stavkasining 4 foizlik punkti hamda qöşimça qiymat yaratadigan qayta işlaş loyihalari böyiça kreditlar foiz stavkasining 6 foizlik punkti kompensatsiya qilinadi.