20 nafar özbekistonlik Şvetsiyadan haydaldi
13-05-2026, 15:24
192 марта

20 nafar özbekistonlik Şvetsiyadan haydaldi
20 nafar özbekistonlik Şvetsiyadan deportatsiya qilindi. Ular mamlakat migratsiya qonunçiligini buzganlikda ayblangan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentiligi xabar berdi.
Özbekistonliklar keça, 12 may kuni Şvetsiyadan çarter reys orqali Özbekistonga olib kelingan.
Özbekistonliklarning mamlakatga qaytişi Özbekiston va Şvetsiya vakolatli organlarining muvofiqlaştirilgan hamkorligi natijasi bölgani aytilmoqda. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida barça taşkiliy va huquqiy tartib-taomillar, jumladan, fuqarolarni identifikatsiya qiliş, hujjatlarni rasmiylaştiriş va xavfsiz taşişni taminlaş masalalari tezkorlik bilan kelişib olingan.
Özbekiston migratsiya masalalari, jumladan, migratsiya qonunçiligi buzilişining oldini oliş va xorijdagi Özbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qiliş böyiça xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarni doimiy ravişda davom ettirayotgani qayd etilgan.