Ukrainada “qul” qilinganlar Özbekistonga qaytarildi
4-11-2025, 15:23
312 марта

Ukrainada “qul” qilinganlar Özbekistonga qaytarildi
Özbekiston elçixonasining Ukraina Milliy politsiyasi, şuningdek, Xalqaro migratsiya taşkilotining Ukraina va Moldovadagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor va muvofiqlaştirilgan say-harakatlari tufayli Kiyev viloyatida qiyin ahvolda qolgan 19 nafar fuqaro mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.Kiyev viloyatidagi issiqxonada majburiy mehnatga jalb qiliş maqsadida uşlab turilgan Özbekiston fuqarolari haqidagi xabarlar 18 sentyabr kuni Ukraina ommaviy axborot vositalarida paydo bölgandi.
Takidlanişiça, Özbekiston elçixonasi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning qonuniy huquqlarini tiklaş hamda Ukrainadan xavfsiz çiqib ketişlari uçun hujjatli va taşkiliy masalalarni hal qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlarni tezda taşkil etgan.
Muzokaralar natijasida barça 19 fuqaroga rasman “jabrlanuvçi” maqomi berilgan, bu ularga Ukraina qonunçiligiga muvofiq har qanday sanktsiyalar qöllanilişi ehtimolini butunlay yöq qilgan.
Xalqaro migratsiya taşkilotining Ukraina va Moldovadagi ofislarining töğridan töğri moliyalaştirişi bilan Özbekiston fuqarolari 28 oktyabr kuni Kiyevdan Kişinyovga avtomobil yöli orqali olib ketilgan. Moldova poytaxtida bölganlarida ularga xavfsiz turarjoy, ovqat va zarur yordam körsatilgan. 2 noyabr kuni barça 19 nafar fuqaro taşkilotning vakolatli vakillari hamrohligida Kişinyov-Istanbul-Urganç reysi bilan jönab ketgan va keça, 3 noyabr kuni Özbekistonga yetib kelgan.
“Fuqarolarning qaytişi Özbekiston diplomatiyasining yana bir muvaffaqiyatli namunasidir. Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi mamlakatdagi vatandoşlarimizning ahvolini kuzatib borişda davom etmoqda, ularning qonuniy huquq va manfaatlarining buzilişi haqidagi har qanday xabarlarga tezkorlik bilan javob beradi”, deyiladi xabarda.