Latviyada işsiz qolgan fuqaro Özbekistonga qaytarildi
13-08-2025, 08:43
194 марта

Latviyada işsiz qolgan fuqaro Özbekistonga qaytarildi
Latviyada oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.Manbaga köra, Riga şahriga pul topiş maqsadida borgan fuqaro soğliği bilan boğliq muammolarga duç kelgan hamda işsiz qolgan. Şundan söng, u elçixonadan Özbekistonga qaytişida amaliy yordam sörab murojaat qilgan.
Diplomatlar Latviya Migratsiya xizmati xodimlari bilan muzokaralar ötkazib, fuqaroning Özbekistonga qaytişi bilan boğliq hujjatlarni tayyorlaşda amaliy yordam körsatgan. Mamlakatdagi Özbekiston elçixonasi va Xalqaro migratsiya taşkilotining Rigadagi vakolatxonasi kömagida fuqaro vaqtinça turar joy bilan taminlangan. Şuningdek, uning Özbekistonga qaytişi uçun aviaçipta sotib olib berilgan.