Ummonda eri tomonidan tutqunlikda saqlangan ayol Özbekistonga qaytarildi
21-06-2025, 04:52
144 марта

Ummonda eri tomonidan tutqunlikda saqlangan ayol Özbekistonga qaytarildi
Ummonda xorijlik fuqaro bilan şariy nikoh asosida yaşagan va uyda tutqunlikda saqlangan Özbekiston fuqarosi hamda uning farzandlari mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.Malum qilinişiça, Ummonda oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan fuqaro I.S. Özbekiston elçixonasiga murojaat qilgan hamda ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan mamlakatga qaytişida yordam söragan.
Murojaatda qayd etilişiça, u 2019 yildan buyon Ummonning Al-Buraymi şahrida asli kelib çiqişi eronlik bölgan, lekin heç bir davlat fuqaroligiga ega bölmagan Ali ismli şaxs bilan şariy nikoh asosida birga yaşab kelgan. I.S. şariy eridan 2020 yilda va 2022 yilda farzandlarni dunyoga keltirgan. Oila boşliğining heç qanday hujjatga ega emasligi va qonuniy nikoh şartnomasining yöqligi sababli bolalarga tuğilganlik haqidagi guvohnomalarni rasmiylaştiriş ham yillar davomida ortga surilib kelgan.
Şuningdek, oiladagi kelişmovçilik, noqonuniy erning farzandlarga nisbatan tez-tez kuç işlatiş holatlari va ularni Al-Buraymi şahridagi xonadonda tutqinlikda saqlaş holatlari ayolning Özbekiston elçixonasiga yordam sörab, ariza yozişga undagan.
Şundan söng, elçixona konsullik bölimi tomonidan Ummon tegişli davlat idoralariga murojaatlar qilinib, I.S.ning voyaga yetmagan farzandlariga tuğilganlik haqidagi va mamlakatga qaytiş uçun guvohnomalar rasmiylaştirilgan.
Mazkur oila 18 iyun kuni Maskat şahridagi xalqaro aeroportdan Özbekistonga kuzatib qöyilgan.