Qoraqalpoğiston va Xorazmdagi mahalliy yöllar tamirlanadi
13-05-2025, 22:51
1 092 марта
Prezident Şavkat Mirziyoyev 13 may kuni yöl xöjaligidagi işlar natijadorligi va rejadagi loyihalar böyiça taqdimot bilan tanişdi.Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, bu sohada boşqaruv takomillaştirilib, yöllar quriş, tamirlaş va saqlaş böyiça köp yillik vazifalar belgilangan edi. Ötgan 2 yilda bu maqsadlarga 26 trillion söm ajratilib, jami 40 ming kilometr yöl va 540 ta köprik tamirlandi. Sohaga çetdan jalb qilinayotgan mablağlar ham 3 karra oşdi.
Lekin hali qilinadigan işlar köp. Bu yil 7 ming kilometr umumiy foydalanişdagi yöl hamda 231 ta köprikni quriş va tamirlaş, 13 ming kilometr tuproq köçalarga şağal yotqiziş, 400 kilometr tsement qoplamali yöllar quriş, magistrallar böyida 72 ta servis majmuasi taşkil etiş rejalaştirilgan.
Taqdimotda mutasaddilar şular haqda axborot berdi.
Yangi loyihalarni belgilaşda yöllarning hozirgi holati va qatnov darajasiga etibor qaratilmoqda. Bugungi kunda xalqaro moliya taşkilotlari bilan hamkorlikda 1 ming 200 kilometr yölni rekonstruktsiya qiliş böyiça 6 ta yirik loyiha amalga oşirilmoqda.
Endi yana 4 ta loyiha boşlanişi közda tutilgan. Xususan, Törtköl va Beruniy şaharlarini aylanib ötuvçi A-380 magistralini rekonstruktsiya qiliş, Qoraqalpoğiston va Xorazmda 516 kilometr mahalliy yöllarni töla tamirlaş, Termiz – Denov hamda Sirdaryo – Baxt oraliğidagi yöllarni tsement-beton qoplamali qilib quriş rejalaştirilgan. Bu loyihalarga Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki mablağlari yönaltiriladi.
Davlatimiz rahbari eng muhim masala yöllarni sifatli saqlaş ekanini takidladi. Yöl böylarida infratuzilmani rivojlantirib, aholiga qulayliklar yaratiş böyiça topşiriqlar berildi.
Qamçiq dovonida statsionar nazorat posti işga tuşirilgan. Buni yuk taşiş oqimi yuqori bölgan boşqa yöllarda ham taşkil qiliş zarurligi qayd etildi.
Şu örinda aytiş kerakki, bundan qariyb 20 yil oldin qabul qilingan “Avtomobil yöllari töğrisida”gi qonun hozirgi zamon talablariga javob bermayapti. Sönggi yillardagi islohotlar, bugungi dolzarb masalalar unda aks etmagan.
Pulli yöllarning huquqiy asoslari, ajratilgan va yöl böyi mintaqalarida servis binolarini joylaştirişga oid talablar belgilanmoqda. Yöllarda katta hajmli va oğir vaznli transport vositalarining harakatlanişi tartibga solinmoqda.
Taqdimotda mutasaddilar muqobil yöllar quriş böyiça xususiy şeriklik loyihalari yuzasidan ham hisobot berdi.