Koreyaga işga yuboriş bahonasida migrantlardan önlab million dollar yiğilgan
14-05-2026, 15:28
167 марта
Koreyaga işga yuboriş bahonasida migrantlardan önlab million dollar yiğilganÖzbekistonda Janubiy Koreyaga mehnat migrantlarini yuboriş bilan boğliq yirik korruptsion va firibgarlik sxemasi foş etildi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar malumotiga köra, Taşqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklarining sobiq mansabdorlari va boşqalardan iborat uyuşgan jinoiy guruh fuqarolarni Koreyaga işga jönatişni vada qilib, ulardan katta miqdorda noqonuniy mablağ yiğgan.
Dastlabki malumotlarga köra, mazkur guruh 35 nafar fuqarodan jami 263,5 ming AQŞ dollari olgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov davomida sxemaning asl kölami ança katta ekani malum bölgan. Malum qilinişiça, gumonlanuvçilar Koreyaga işga yuboriş uçun belgilangan rasmiy tölovlardan taşqari har bir fuqarodan qöşimça ravişda 7 mingdan 12 ming AQŞ dollarigaça pul olgan. Bu mablağlar firibgarlik yöli bilan yiğilgani aytilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, şu tariqa qariyb 90 million AQŞ dollari yiğilgan bölişi mumkin. Tergov materiallarida keltirilişiça, jinoiy guruh 230 nafar fuqaroni Koreyaga yuboriş evaziga 580 ming dollar olgan. Şuningdek, Koreyaga yuborilgan ming nafar fuqarodan noqonuniy ravişda 5,6 million dollar undirilgan.
Rasmiy malumotlarda tergov davomida aniqlangan umumiy mablağ 45 million dollar atrofida ekani ham aytilgan. Ayni vaqtda Koreyaga yuborilmagan 600 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari örganilmoqda. Ularga yetkazilgan moddiy zarar miqdori hisoblanib, mablağlarni undiriş çoralari körilayotgani malum qilingan.
Aytiş mumkinki, sönggi yillarda Janubiy Koreya özbekistonlik mehnat migrantlari uçun eng jozibador yönalişlardan biriga aylangan. Yuqori maoş, qonuniy işlaş imkoniyati va yaxşi mehnat şaroiti sabab minglab fuqarolar koreys tilini örganib, maxsus imtihonlardan ötişga harakat qiladi.
Ammo talab yuqori bölgan tizimda vositaçilar, taniş-bilişçilik va korruptsion sxemalar uçun ham şaroit paydo bölayotgani kuzatilmoqda. Ayrim fuqarolar navbatni tezlaştiriş, imtihon yoki hujjat jarayonlarini osonlaştiriş ilinjida katta mablağ tölaşga ham rozi bölişgan.
Çet elda işlab oilasini boqiş, qarzdan çiqiş yoki yaxşi hayot quriş umidida özining bor-budini sotgan fuqarolar ançagina. Kimdir uyini garovga qöyadi, kimdir kredit oladi, yana kimdir yillab yiğgan pulini beradi. Oqibatda esa, ayrim holatlarda na iş, na pul qoladi.
Bu sxema qança vaqt davomida işlagan, unda yana kimlar iştirok etgan? Bu jarayonda amaldorlar ham bormi? Jabrlangan fuqarolarning mablağlari qaytariladimi? Bu savollarga rasmiy javob kutib qolamiz.