Koreyaga işlaşga ketgan özbekistonliklar ogohlantirildi
4-12-2025, 12:40
369 марта

Koreyaga işlaşga ketgan özbekistonliklar ogohlantirildi
Koreyada E-7 va E-9 vizalari asosida işlayotgan özbekistonliklar ogohlantirildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.Qayd etilişiça, mazkur vizalar asosida uşbu xorijiy davlatda işlayotgan bazi fuqarolar iş joyini norasmiy işlarga almaştirmoqda. Bu esa turli salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Bunda fuqaro işdan böşatilsa, 1 oyda iş qidiruvçi sifatida röyxatdan ötişi, 3 oy muddatda yangi iş beruvçi topib, rasmiy şartnoma tuzişi şart. Bunga amal qilinmasa, katta miqdorda jarima, noqonuniylik maqomi va deportatsiyaga olib kelişi mumkin. Migratsiya agentligi bilan tuzilgan şartnomada ham iş joyini kelişmasdan tark etmaslik qatiy talab hisoblanadi.
Agentlikka köra, joriy yilda 20 nafar fuqarodan uç tomonlama şartnomani buzgani uçun 660 million söm jarima undirilgan. Deportatsiya qilinganlar esa davlat bergan barça imtiyozlarni qaytarib berişi şart böladi. Şuningdek, ular 1 yil davomida xorijga taşkiliy tartibda yuborilmaydi.
Janubiy Koreyaning mehnat migratsiyasi böyiça maxsus ballik tizimi, yani SPAS bazasida turganlar iş beruvçidan şartnoma olgan bölsa, bu ular xizmat tanlanganini anglatadi. Biror şaxs tanlanişda yordam beriş uçun pul talab qilsa, u firibgar bölişi bildirildi.