Rossiyadagi özbekistonlik yuk taşuvçi haydovçilar ogohlantirildi
20-10-2025, 14:37
619 марта

Rossiyadagi özbekistonlik yuk taşuvçi haydovçilar ogohlantirildi
Rossiyada işlayotgan özbekistonlik xalqaro yuk taşuvçi haydovçilar Rossiya Içki işlar organlarining “kirişi man etilgan şaxslar” röyxatiga tuşib qolmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ogohlantirdi.Malum qilinişiça, 2025 yil holatiga köra, Rossiyadagi xalqaro avtoyuk taşişlarning 25 foizga yaqini özbekistonlik haydovçilar tomonidan amalga oşirilmoqda. Biroq migratsiya qoidalariga amal qilmaslik oqibatida köplab fuqarolar Rossiya içki işlar organlarining “kirişi man etilgan şaxslar” röyxatiga tuşib qolmoqda.
Migratsiya agentligi har bir yuk avtomobili haydovçisi quyidagilarga qatiy rioya qilişi şartligini bildirdi:
- çegaradan ötiş vaqtida migratsion kartani aniq va töğri töldiriş (maqsad grafasida — “turizm” emas, “slujebnaya” yoki “tranzit”ni körsatiş).
- Rossiyaga kirgandan söng 15 iş kuni mobaynida migratsiya röyxatiga qöyilişi lozim (bu odatda qabul qiluvçi taşkilot yoki iş beruvçi zimmasida böladi).
- 90/365 muddatini doimiy ravişda nazorat qiliş (yani 365 kunlik davrda 90 kundan ortiq qolib ketmaslik);
- transport vositasi buzilişi yoki boşqa fors-major holat yuz bersa – albatta rasmiy akt yoki dalolatnoma oliş.
“Har bir harakat – faqat rasmiy hujjat bilan asoslangan bölişi kerak. Takroriy huquqbuzarliklar 3–10 yil muddatga Rossiyaga kiriş taqiqini keltirib çiqaradi”, deyiladi agentlik xabarida.