Özbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladi
16-05-2026, 14:15
715 марта
Özbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladiÖzbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolar ketma-ket 5 kun dam oladi. Bu haqda 2025 yil 24 dekabrda qabul qilingan PF-257-sonli Prezident farmonida belgilangan.
Malum qilinişiça, bu yil Qurbon hayiti 27 may — çorşanba kuniga töğri kelmoqda. Şu munosabat bilan qöşimça dam oliş kunlari elon qilingan.
Dam oliş kunlari quyidagiça böladi:
— 27 may, çorşanba — Qurbon hayiti;
— 28 may, payşanba — barça uçun qöşimça dam oliş kuni;
— 29 may, juma — barça uçun qöşimça dam oliş kuni;
— 30 may, şanba — haftasiga 6 kun işlaydiganlar uçun qöşimça dam oliş kuni;
— 31 may, yakşanba — odatiy dam oliş kuni.
Şunday qilib, iş haftasi turidan qati nazar, barça fuqarolar kamida 5 kunlik uzluksiz dam oliş imkoniyatiga ega böladi.
Hisob-kitoblarga köra, may oyida haftasiga 5 kun işlaydiganlar jami 14 kun, 6 kunlik iş tartibidagilar esa 10 kun dam oladi. Bu esa sönggi yillardagi eng köp dam oliş kunlariga ega oylardan biri sifatida qayd etilmoqda.