Yaponiya yana ikki özbekistonlikni mamlakatdan çiqarib yubordi
17-05-2026, 22:00
116 марта

Yaponiya yana ikki özbekistonlikni mamlakatdan çiqarib yubordi
Malum qilinişiça, har ikki şaxs ham “talaba” vizasi bilan Yaponiyaga borib, viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy ravişda qolgan va rasmiylar tomonidan hibsga olingan. Tokio vakillari “talaba” vizasi pul topiş uçun emas, balki faqatgina öqiş uçun berilişini, agar noqonuniy yaşaş yoki noqonuniy mehnat qiliş holatlari aniqlansa, politsiya tomonidan hibsga oliş va uşlab turiş, immigratsiya muassasalarida qamoqqa oliş yoki deportatsiya qiliş kabi qatiy çoralar körilişi haqida ogohlantirdi.
Yaponiya hukumati qonunbuzarlik qilgan şaxslar haqida malumotni Özbekiston hukumatiga ham taqdim etadi. Şu sababli, bunday şaxslarga nisbatan Özbekistonga qaytganidan keyin ham tegişli çoralar körilişi mumkin. Iltimos, “Yaponiyada işlaş mumkin” kabi takliflarga osongina işonmasligingizni söraymiz, deyiladi xorijiy diplomatik missiya bayonotida.Şuningdek, elçixona ijtimoiy tarmoqlarda soxta arizalar bilan qoçqinlik maqomini olib, mamlakatda uzoq qoliş yoki işlaş mumkinligi haqida tarqalgan notöğri malumotlardan ogohlantirdi. Ariza rad etilsa, şaxs immigratsiya muassasasiga joylaştiriladi yoki majburiy çiqarib yuboriladi. Soxta malumot beriş esa jiddiy huquqiy javobgarlikka sabab böladi.