Şavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumining oçilişida qatnaşdi
18-05-2026, 14:47
125 марта

Şavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumining oçilişida qatnaşdi
Bugun, 18 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMTning Aholi punktlari böyiça dasturi şafeligida Baku şahrida ötkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi oçiliş marosimida iştirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, poytaxtning Kongress-markazida davlat rahbarini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev hamda BMTning Aholi punktlari böyiça dasturi ijroçi direktori Anaklaudiya Rossbax qutlagan.

Iştirokçilarning birgalikda suratga tuşiş marosimi bölib ötgan.
Bu galgi forumning mavzusi – “Barça uçun uy-joy: xavfsiz va barqaror şaharlar hamda hamjamiyatlar”. Unda davlatlar va hukumatlar, xalqaro taşkilotlar hamda rivojlaniş institutlari rahbarlari iştirok etmoqda.

Forum kun tartibidan şaharlarni barqaror rivojlantiriş, aholini zamonaviy va arzon uy-joy bilan taminlaş, şahar muhiti sifatini oşiriş, iqlim barqarorligini mustahkamlaş, ijtimoiy va transport infratuzilmasini rivojlantiriş hamda uy-joyni moliyalaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş masalalari örin olgan.
Özbekiston Prezidenti forum doirasidagi Yetakçilar sammitida nutq sözlaydi.