Şavkat Mirziyoyev Ostonada BMT ijroçi direktori bilan muloqot qildi
22-04-2026, 17:33
70 марта

Şavkat Mirziyoyev Ostonada BMT ijroçi direktori bilan muloqot qildi
Bugun, 22 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida ötayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit böyiça dasturi ijroçi direktori Inger Andersen bilan muloqot qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, atrof-muhitni muhofaza qiliş, barqaror rivojlaniş va iqlim muammolariga qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorlikning asosiy yönalişlari körib çiqilgan.
Özaro hamkorlik, şu jumladan, milliy ekologik maruzalarni tayyorlaş, atrof-muhit monitoringi tizimini takomillaştiriş va institutsional salohiyatni mustahkamlaş masalalarida izçil rivojlanib borayotgani qayd etilgan.
Ijroçi direktor Özbekistonda amalga oşirilayotgan “Yaşil makon”, “Biomeros”, “Toza havo,” “Çiqindisiz hudud” va “Ekomadaniyat” kabi milliy loyihalarni yuqori baholagan. Ularning ekologik barqarorlikni taminlaş va aholi turmuş sifatini oşirişdagi ahamiyati qayd etilgan.
Inger Andersen, şuningdek, Özbekiston Prezidentining bugungi sammitda ilgari surilgan taşabbuslarini röyobga çiqariş böyiça amaliy şeriklikni kengaytirişga tayyorligini bildirgan.