Ekologiya vazirligi qömitaga aylantirildi
19-11-2025, 12:50
370 марта

Ekologiya vazirligi qömitaga aylantirildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan çiqarilib, uning negizida amaldagi ştat birliklari saqlangan holda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi taşkil etiladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning bugun, 19 noyabr kuni qabul qilingan “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boşqaruv tizimini yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida söz boradi.Farmonga köra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzuridagi Turizm qömitasi Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi sifatida qayta taşkil etiladi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi esa Vazirlar Mahkamasi tizimidan çiqarilib, uning negizida amaldagi ştat birliklari saqlangan holda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi taşkil etiladi.
Hujjatda belgilanişiça, Ekologiya qömitasi qulay ekologik holatni barqaror saqlaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş, “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşiriş, örmonlarni köpaytiriş, global iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatiş va çöllanişga qarşi kuraşiş sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oşiriş böyiça vakolatli organ hisoblanadi.
Örmon va yaşil hududlarni köpaytiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi öz faoliyatini Ekologiya qömitasi huzurida davom ettiradi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi taşkiliy tuzilmasida 2 ta ştat birligidan iborat Özbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi bölinmasi taşkil etiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining asosiy vazifalaridan taşqari, Ekologiya qömitasi quyidagi umummilliy loyihalarni amalga oşiriş uçun masul hisoblanadi:
- çiqindilarni qayta işlaş va ular bilan işlaş tizimini takomillaştirişga qaratilgan “Çiqindidan holi hudud” umummilliy loyihasi;
- atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasi;
- 2028 yilga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida qöşimça ravişda jami maydoni 100 gektardan kam bölmagan botanika va dendrologiya boğlarini taşkil qilişga qaratilgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi;
- aholi orasida eko-odatlarni şakllantiriş va ekologik hayot tarzini keng tarğib qilişga qaratilgan “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi;
- bioxilma-xillikni kelajak avlod uçun asraşga qaratilgan “Bio meros” umummilliy loyihasi.