Özbekistonga eng köp rossiyaliklar köçib kelmoqda
18-05-2026, 17:48
252 марта

Özbekistonga eng köp rossiyaliklar köçib kelmoqda
Milliy statistika qömitasi malumotlariga köra, 2026 yilning yanvar–mart oylarida Özbekistonga 721 nafar xorij fuqarosi doimiy yaşaş maqsadida köçib kelgan. Bu davrda mamlakatga eng köp migrant Rossiyadan kelgan.Statistikaga köra, doimiy yaşaş uçun köçib kelganlarning 34,1 foizi Rossiya hissasiga töğri keladi. Keyingi örinlarda Qozoğiston — 19,7 foiz va Tojikiston — 12,2 foiz bilan qayd etilgan.
Şuningdek, Qirğizistondan kelganlar uluşi 4,9 foizni, Turkmanistondan kelganlar esa 3,7 foizni taşkil etgan. Qolgan 25,4 foiz boşqa davlatlar hissasiga töğri keladi.
Hududlar kesimida doimiy yaşaş uçun kelganlar soni böyiça Toşkent şahri yetakçilik qildi. Uç oy davomida poytaxtga 454 nafar xorijlik köçib kelgan. Bu umumiy körsatkiçning yarmidan köproğini taşkil etadi.
Ikkinçi örinda Toşkent viloyati qayd etildi. Hududga 126 nafar kişi doimiy yaşaş maqsadida kelgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasida bu körsatkiç 56 nafarni taşkil etgan. Samarqand viloyatida 14 nafar, Farğona va Xorazm viloyatlarida esa 11 nafardan xorijlik doimiy yaşaş uçun röyxatdan ötgan.
Sirdaryo viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar va Buxoro viloyatida 8 nafar köçib kelganlar qayd etilgan. Andijon viloyatiga 6 nafar, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlariga 5 nafardan xorijlik köçib kelgani keltirilgan.
Qaşqadaryo viloyati esa eng past körsatkiçlardan birini qayd etdi. Uşbu hududga uç oyda atigi bir nafar xorij fuqarosi doimiy yaşaş uçun kelgan.