Bugun Özbekiston final yöllanmasi uçun öynaydi
19-05-2026, 11:58
321 марта

Bugun Özbekiston final yöllanmasi uçun öynaydi
Bugun, 19 may kuni futbol böyiça Özbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi yarim final uçraşuvida maydonga tuşadi. Sergey Çigodayev boşqaruvidagi jamoa final yöllanmasi uçun Yaponiyaga qarşi bahs olib boradi.Özbekiston ösmirlar terma jamoasi guruh bosqiçida Hindiston va Avstraliya terma jamoalarini mağlubiyatga uçratgan holda “D” peşqadam sifatida çorak finalga çiqdi.
Çorak finalda esa Özbekiston ösmirlar terma jamoasi Janubiy Koreyani penaltilar seriyasidagi mağlubiyatga uçratgandi.
Yaponiya ösmirlari esa yarim finalga Tojikistonni 5:0 hisobida mağlub etgan holda yetib keldi.
Uşbu yoş toifasida Özbekiston va Yaponiya terma jamoalar oxirgi bor 2023 yilgi Osiyo kubogida bahs olib borgan va unda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgandi. Bugun, 19 may kungi bahs Toşkent vaqti bilan 20:00 da Jiddada bölib ötadi.