Özbekiston Osiyo kubogining çorak finaliga çiqdi
14-05-2026, 16:28
59 марта

Özbekiston Osiyo kubogining çorak finaliga çiqdi
Keça, 13 may kuni futbol böyiça Özbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi 3-turida Avstraliyaga qarşi maydonga tuşdi. Unda Sergey Çigodayev şogirdlari 2:0 hisobida ğalaba qozondi va guruhda 1-örinni egalladi.Uçraşuvning 28-daqiqasida Mirkomil Murodov uçraşuvda hisobni oçuvçi golga mualliflik qilgan bölsa, birinçi bölim yakunida, 45-daqiqada Ahror Ravşanbekov Özbekiston ösmirlar terma jamoasini ikkinçi golini kiritdi. Söngra, öyin yakuniga qadar uşbu hisob saqlanib qoldi va Sergey Çigodayev şogirdlari turnirdagi ikkinçi ğalabasini rasmiylaştirdi.
Şu tariqa, Özbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi “D” guruhi peşqadami sifatida çorak finalga yöl oldi. Endilikda Özbekiston ösmirlar terma jamoasi U-17 Osiyo kubogining çorak finalida Janubiy Koreyaga qarşi maydonga tuşadi. Öyin joriy yilning 16 may kuni bölib ötadi.