Alişer Navoiy universitetida talaba öz kursdoşiga şahvoniy şilqimlik qildi
19-05-2026, 12:47
69 марта

Alişer Navoiy universitetida talaba öz kursdoşiga şahvoniy şilqimlik qildi
Toşkent şahrida joylaşgan Alişer Navoiy nomidagi universitetda talaba yigit öz kursdoşiga şahvoniy şilqimlik qildi.Sud hujjatiga köra, yigit joriy yilning 13 may kuni soat 18:27 da universitetda qiz kursdoşiga nisbatan şahvoniy bezorilik (nojoiz va uyatsiz sözlar bilan murojaat qiliş) harakatlarini sodir etgan. U kursdoşiga “quçoğingda joy bölsa, men ham boray” degan mazmunda şahvoniy şilqimlik qilgan. Qiz darhol 102 qisqa raqamiga qönğiroq qilib, kursdoşiga nisbatan qonuniy çora körişlarini söragan.
Ayblanuvçi esa sud majlisida aybiga töliq iqror bölib, qilmişidan afsusda ekanini va bunday holat qayta takrorlanmasligini aytgan.
Jinoyat işlari böyiça Yakassaroy tuman sudi 15 may kuni oçiq sud majlisida 2005 yilda tuğilgan talabani Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-modda (şayhvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismi böyiça aybdor deb topgan.
Sud qaroriga köra, yigitga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravari miqdorida – 1 236 000 söm jarima jazosi tayinlangan