USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Narxni suniy oşirib, asossiz 21,1 mlrd sömdan köp pul olgan dorixonaçilar uşlandi

39 марта

Narxni suniy oşirib, asossiz 21,1 mlrd sömdan köp pul olgan dorixonaçilar uşlandi 

Özbekistonda istemolçilardan 21,1 milliard sömdan ortiq asossiz mablağ olgan 2,5 mingga yaqin dorixonaga tegişli tasir çoralari qöllanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va istemolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi axborot berdi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 oktyabrdagi 411-son qarori asosida dori vositalari narxlarini nazorat qiliş va istemolçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça raqamlaştirilgan tizim joriy etilib, mazkur tizim orqali çakana va ulgurji savdoda dori vositalari narxlarining asossiz oşirilişini inson omilisiz aniqlaş mexanizmi yölga qöyilgan.

Şuningdek, ulgurji savdoda dori vositalarining narxi belgilangan referent narxdan yuqori qöllanilganda, soliq organlari tomonidan hisob-fakturalarni röyxatga olişning avtomatik töxtatiş (validatsiya) tizimi joriy etilgan.


Natijada 12,5 mingdan ziyod çakana dorixonalarga dori vositalarini belgilangan referent narxdan qimmat sotilişi – ulgurji savdoda narxlarni suniy oşiriş holatlarining avtomatik ravişda oldi olingan.

Bildirilişiça, ötgan davr mobaynida 2,5 mingga yaqin dorixona tomonidan 686 mingga yaqin holatda çeklangan savdo ustamasi 10 foizdan 3 barobargaça oşirib qöllangani aniqlanib, istemolçilardan asossiz ravişda 21,1 milliard söm mablağ olingani malum bölgan va qaytariş yuzasidan tegişli çoralar körilgan. Xususan, 2026 yilning birinçi çoragida 190 dan ortiq dorixonada 110,5 mingga yaqin holatda 1,4 milliard sömdan ortiq mablağ asossiz olingani aniqlanib, ularni qaytariş çoralari körilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: