Toşkentdan Urgançga uçayotgan Centrum Air samolyotiga yana çaqmoq urildi
20-05-2026, 16:20
904 марта
Toşkentdan Urgançga uçayotgan Centrum Air samolyotiga yana çaqmoq urildiUşbu reysga tayinlangan havo kemasi texnik xizmat körsatişga yuborildi, bu esa aviakompaniyaning bir qator keyingi reyslarining keçikişiga olib keldi.
Donato Bolelli / Planespotters.net
Centrum Air Matbuot xizmatining xabarberişiça, joriy yilning 19 may kuni Toşkent - Urganç yönalişi böyiça C6089 reysini amalga oşiriş çoğida aviakompaniya havo kemasini almaştirişga majbur bölgan.
"Dastlab uşbu reysga möljallangan Airbus A330 samolyoti çaqmoq urişi natijasida texnik xizmat körsatişga yuborildi, bu esa aviakompaniyaning bir qator keyingi reyslarining keçikişiga olib keldi. Uşbu reysni jadval asosida amalga oşiriş maqsadida bortni kiçikroq siğimli havo kemasiga (Airbus A320) almaştiriş töğrisida qaror qabul qilindi. Natijada 40 nafar yölovçi uşbu reys bilan uçib keta olmadi," - deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, yölovçilarga çipta narxini töliq qaytariş yoki eng yaqin mavjud reysga (şu jumladan, boşqa taşuvçilarga) qayta bron qiliş taklif qilingan.
Reysni uzoq vaqt kutgan yölovçilar aviakompaniya hisobidan mehmonxonaga joylaştirildi.
Aviakompaniya yölovçilarga yetkazilgan noqulayliklar uçun kompensatsiya sifatida quyidagilarni taqdim etişini malum qildi:
• Centrum Air içki yönalişlari böyiça keyingi parvozga 50% çegirma promokodi;
• Keyingi reysga 1 ta bepul bagaj joyi;
• yuqori qulaylikka ega joy.
Eslatib ötamiz, xuddi şunday vaziyat şu yilning 16 may kuni Centrum Air aviakompaniyasining Toşkent - Guançjou - Toşkent yönalişi böyiça parvoz qilgan samolyotda ham kuzatilgan edi. Yangilangan jadvalga köra, uşbu yönaliş böyiça samolyot 18 may kuni Toşkentdan parvoz qilgan.