Qonunbuzarlik haqida xabar berganlarga pul mukofoti berilişi mumkin
21-05-2026, 05:17
163 марта
Qonunbuzarlik haqida xabar berganlarga pul mukofoti berilişi mumkinRaqobatga qarşi kelişuvlar hamda reklama töğrisidagi qonunçilik buzilişi holatlari haqida vakolatli organga malumot taqdim etgan fuqarolarni rağbatlantiriş tizimini joriy etiş rejalaştirilmoqda. Bu tartib nazarda tutilgan nizom loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Loyihaga köra, qonunbuzarliklar haqida işonçli malumot bergan şaxslarga pul mukofoti tölanadi. Mukofot miqdori Raqobatni rivojlantiriş va istemolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi huzuridagi byudjetdan taşqari Raqobatni rivojlantirişga kömaklaşiş jamğarmasiga kelib tuşgan jarima mablağlari hisobidan ajratiladi.
Taklif etilayotgan tartibga muvofiq, raqobatga qarşi kelişuvlar, til biriktiriş yoki kartel holatlari haqida xabar bergan fuqarolarga undirilgan jarima mablağining 3 foizi miqdorida mukofot beriladi. Biroq bu summa BHMning 100 baravaridan, yani 41,2 million sömdan oşmasligi kerak.
Şuningdek, reklama töğrisidagi qonunçilik buzilgani haqida malumot taqdim etganlarga esa jamğarmaga undirilgan mablağning 10 foizi miqdorida, ammo BHMning 10 baravari (4 million 120 ming söm)dan ortiq bölmagan mukofot puli berilişi mumkin.
Hujjatga köra, bugungi kunda raqobatga qarşi kelişuvlarni aniqlaş ança murakkab jarayon hisoblanadi. Ayniqsa, oğzaki kelişuvlar va yaşirin til biriktiriş holatlarini foş etiş köp vaqt va qöşimça resurs talab qiladi. Şu sababli jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, faol fuqarolarni rağbatlantiriş va qonunbuzarliklarni tezkor aniqlaş orqali nazorat samaradorligini oşiriş maqsad qilingan.
Bunday amaliyot bozorda adolatli raqobat muhitini şakllantiriş, istemolçilar huquqlarini himoya qiliş hamda noqonuniy reklama tarqatilişining oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, milliy va oilaviy qadriyatlarga zid bölgan, axloq va manaviyat meyorlariga töğri kelmaydigan reklama materiallarini aniqlaşda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş rejalaştirilmoqda.
Eslatib ötiş joiz, Özbekistonda 2026 yil 1 avgustdan boşlab sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoidalari buzilişi haqida xabar bergan şaxslar, şuningdek, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga oid jinoyatlarni aniqlaşga kömaklaşgan fuqarolarni ham pul mukofoti bilan rağbatlantiriş tizimi joriy etilişi közda tutilgan.