Senator Qudratilla Rafiqov Özbekiston gerbini özgartirişni taklif qildi
22-05-2026, 14:55
476 марта

Senator Qudratilla Rafiqov Özbekiston gerbini özgartirişni taklif qildi
Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisi, senator Qudratilla Rafiqov Özbekiston davlat gerbidagi ayrim ramzlar böyiça fikr bildirib, mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan milliy simvollarda öşa davrga xos siyosiy ehtiyotkorlik va ikkilaniş aks etganini takidladi.Bu haqda u Prezident Şavkat Mirziyoyevning siyosiy yöli haqidagi maqolasida yozgan.Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisi bölgan senator öz maqolasida davlat ramzlari mavzusiga töxtalib, gerbda paxta va buğdoy tasvirlari saqlanib qolganiga etibor qaratgan.
Uning fikriça, mustaqillikdan keyin ham mazkur ramzlarning qoldirilişi sobiq tuzumdan mafkuraviy jihatdan töliq uziliş yuz bermaganini körsatadi.
“Mustaqil davlatga aylanganimizdan keyin ham gerbimizda paxta va ğalla saqlanib qoldi. Nega aynan şu ramzlar tanlangan?”, deya savol qöyadi senator.Rafiqovning qayd etişiça, uzoq yillar davomida mamlakat ijtimoiy hayotida paxtaçilik va ğallaçilik markaziy örinda bölib kelgan, bu esa jamiyat tafakkuriga ham tasir ötkazgan.
U sovet va postsovet davridagi ritorika asosan dala, hosil va reja atrofida şakllanganini takidlab, bu holat erkin fikrlaş muhitini çeklagan bölişi mumkinligini aytgan.
Senator şuningdek, bugungi “Yangi Özbekiston” kontseptsiyasi avvalgi qaraşlardan farq qilişini, jamiyat dunyoqaraşida ham sezilarli özgarişlar yuz berayotganini qayd etgan.
“Vaqt ötişi bilan mustaqillikning ilk yillaridagi xavotir va ehtiyotkorlik davlat ramzlarida ham muayyan manoda aks etganini köriş mumkin”, deydi u.
Qudratilla Rafiqov maqolasida Özbekistonning turli davrlardagi uç xil qiyofasi – “sovet Özbekistoni”, “postkommunistik Özbekiston” va “Yangi Özbekiston” haqida ham mulohaza yuritgan.
Senatorning fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi. Ayrimlar davlat gerbini yangilaş ğoyasini qöllab-quvvatlagan bölsa, boşqalar mamlakatda bundan muhimroq masalalar borligini takidlamoqda.