Urganç tumanida “Kasaba uyuşmalari boği” oçildi
22-12-2025, 04:25
533 марта
Urganç tumanida “Kasaba uyuşmalari boği” oçildiÖzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 17 oktyabr kuni kasaba uyuşmalari faollari bilan ötkazilgan uçraşuvda har bir viloyatda “Kasaba uyuşmalari boği”ni taşkil etiş taklifini ilgari surgan edi. Uşbu taşabbus ijrosi doirasida Xorazm viloyatida ham yangi boğ barpo etildi.
Xususan, viloyatimizda Urganç tumanining şaharga çegaradoş hududida 20 gektar maydonda “Kasaba uyuşmalari boği” yaratildi. Bugun mazkur boğning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirda nuroniylar, mehnat faxriylari, kasaba uyuşmalari faollari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Oçiliş marosimida viloyat hokimi Jörabek Raximov qatnaşib, yangi boğning taşkil etilişi ahamiyati, şuningdek, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda amalga oşirilayotgan işlar xususida atrofliça töxtalib ötdi.




Malumot örnida aytiş joizki, “Kasaba uyuşmalari boği” hududiga vohamizning tuproq va iqlim şaroitiga mos bölgan 35 ming tupdan ortiq eng sara daraxt köçatlari ötqazilgan. Boğ markazida mehnatni uluğlovçi ramziy stella örnatilgan.Şuningdek, boğ hududida yuriş va yuguriş yölaklari, ayvonlar barpo etilgan bölib, mehnatkaşlarning dam olişi, aholining böş vaqtini mazmunli ötkazişi hamda soğlom turmuş tarzini olib borişi uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan.
Mazkur boğ nafaqat dam oliş maskani, balki mehnatga bölgan hurmat va etiborni ifodalovçi yana bir ezgu maskan sifatida xizmat qilişi kutilmoqda.


