Majburiy mehnatga qatiy pozitsiyamiz orqali barham berdik – Mirziyoyev
17-10-2025, 14:43
103 марта

Majburiy mehnatga qatiy pozitsiyamiz orqali barham berdik – Mirziyoyev
Özbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatga töliq barham beriş uzoq yillar biz uçun eng oğriqli masala bölib kelgan edi. Faqat kuçli iroda, qatiy pozitsiya orqali bu murakkab muammo ijobiy hal qilindi. Bu haqda bugun, 16 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston kasaba uyuşmalari faollari va faxriylari bilan uçraşuvda malum qildi.Qayd etilişiça, Özbekistonning bolalar mehnati va majburi mehnatga barham beriş böyiça ilğor tajribasi Xalqaro mehnat taşkiloti tomonidan namuna sifatida boşqa davlatlarga tavsiya etilgan.
Özbek paxtasi dunyodagi köplab nufuzli brend kompaniyalarning “qora röyxati”dan çiqarilgan. “Cotton campaign” taşkiloti Özbekistonga qöyilgan taqiqni butunlay bekor qilgan.
Özbekiston sanoqli davlatlar qatorida Birlaşgan Millatlar Taşkilotining “Adolatli ötiş jarayonlari uçun iş örinlari yaratiş va ijtimoiy himoya böyiça global akselerator” taşabbusida iştirok etmoqda, Xalqaro mehnat taşkilotining “Ijtimoiy adolat böyiça global koalitsiyasi”da qatnaşmoqda, mamlakat ötgan yili uşbu taşkilotning Mamuriy Kengaşi azoligiga saylandi.
“Heç şubhasiz, biz erişayotgan natijalarda 8 millionga yaqin azoga ega, eng xalqçil va katta nodavlat taşkiloti bölgan kasaba uyuşmalarining munosib hissasi bor.
Biz Özbekistonda kasaba uyuşmalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritişi uçun barça şaroitlarni yaratib berdik va mana şu printsiplarga hamişa sodiqmiz. Bundan buyon ham kasaba uyuşmalariga birlaşiş huquqini taminlaş, ularning faoliyatiga aralaşmaslik böyiça siyosatni qatiy davom ettiramiz”, dedi Prezident.