USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 2030 yilgaça mutlaq kambağallikka barham beriş imkoni bor – Mirziyoyev

259 марта

Özbekistonda 2030 yilgaça mutlaq kambağallikka barham beriş imkoni bor – Mirziyoyev

2030 yilga borib, xalqaro mezonlarga köra, Özbekistonda mutlaq kambağallikka töliq barham beriş böyiça yetarli imkoniyat bor. Bu haqda bugun, 17 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan şahrida kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça ötayotgan “Kambağallikdan farovonlik sari” III xalqaro forumida malum qildi.
Prezident jamiyatning eng quyi böğinigaça tuşib, “mahallabay” işlaş tizimi yölga qöyilgani özini har tomonlama oqlaganini takidladi.


Bildirilişiça, har bir xonadon, har bir oila bilan individual reja asosida işlaş, daromadini oşiriş uçun yetarli resurs ajratilgan. Mahallalarni obod qiliş, odamlar hayotini yaxşilaş va tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirişga har yili 2,5-3 milliard dollar yönaltirilmoqda.
Qişloq aholisini daromadli qiliş uçun 235 ming gektar paxta va ğalla maydoni qisqartirilib, odamlarga 30-50 sotixdan yer ajratişning yangi mexanizmi joriy qilindi. Bu işlar 800 ming odamning daromadini oşirişda muhim qadam böldi.

Lider tadbirkorlar kömagida tomorqada serdaromad ekinlarni ekiş va kafolatli sotib oliş tizimi yölga qöyildi.

“Bir söz bilan aytganda, har bir mahallaga biznes muhiti, har bir oilaga farovonlik kirib borganini odamlar öz hayotida his etmoqda. Bunday keng kölamli say-harakatlarimiz hisobiga Özbekiston 2030 yilga qadar kambağallikni 2 karra qisqartiriş böyiça olgan majburiyatini barvaqt bajarişga harakat qilyapti.
2030 yilga borib, xalqaro mezonlarga köra, Özbekistonda mutlaq kambağallikka töliq barham berişga barça imkoniyatimiz bor”, dedi Prezident.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: