Mirziyoyev dunyoda kambağallar soni oşayotganini aytdi
17-09-2025, 13:07
134 марта

Mirziyoyev dunyoda kambağallar soni oşayotganini aytdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 17 sentyabr kuni Namangan şahrida 30 dan ortiq nufuzli taşkilot va 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar iştirokidagi “Kambağallikdan farovonlik sari” xalqaro forumining oçilişida nutq sözlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov malum qildi.Davlat rahbari mamlakatda kambağallikni qisqartiriş böyiça uçinçi bor ötkazilayotgan xalqaro anjuman iştirokçilarini samimiy qutladi. Tadbirda iştirok etayotgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Al-Jassir, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yang, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi boş vitse-prezidenti Saçiko Imoto, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Kaxa Imnadze, Jahon bankining kambağallikni qisqartiriş böyiça global direktori Luis Felipe Lopez-Kalva va barça mehmonlarga minnatdorlik bildirdi.
Prezident Mirziyoyev insoniyat oqibatini oldindan aytib bölmaydigan öta keskin va murakkab davrni boşidan keçirayotganini qayd etdi. Dunyoda geosiyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy beqarorlik tobora ortib bormoqda. Yer yuzida kuzatilayotgan iqlim özgarişlari, suv tanqisligi va pandemiyalar tufayli oğir va maşaqqatli sinovlar paydo bölmoqda.
2015 yildan buyon global iqtisodiy ösiş surati örtaça 3 foizni taşkil etib, oldingi ön yillikka nisbatan sekinlaşdi. Oqibatda, agar beş yil oldin dunyoda 650 million aholi kambağallikda yaşagan bölsa, bugun ularning soni 800 milliondan oşdi.
“Bu holat barça davlatlar, xalqaro taşkilotlar, umuman, dunyo hamjamiyati oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qöyib, ularga yeçim topiş böyiça tezkor qarorlar qabul qilişni taqozo etmoqda”, dedi Prezident.